4. O`zgarmas koeffitsiyentli differensial tenglamalarning chiziqli
sistemasi va uning umumiy yechimini toping
(5) sistemaning αij koeffitsiyentlari o`zgarmas bolsa, sistemani yechishda chiziqli algebra usullarini qo`llash imkoni mavjud.
Dastlab boshida (5) sistema Trivial (nol) y1(x) = 0, y2(x) = 0 yechimlarga ham ega ekanligmi tekshirib ko`rish qiyin emas. Sistemamng notrivial (nolmas) yechimlarini y1 = P1·eλx, y2 = P2·eλx yoki matrisa у = Р·eλx, bu yerda, ko`rinishida qidiramiz.
Y = λP·eλx bo`lganidan, Y va Y larni (10) tenglamaga qo`yib, eλx ga qisqartirilgandan so`ng, λ, P juftliklarni topish uchun matritsali
A·P = λ ·P (11)
tenglamani olamiz. (11) tenglamani yechish A matritsaning xos P vektorlari va X qiymatlarini topish masalasidir. A matritsaning xos qiymatlari
(12)
xarakteristik tenglama ildizlari bo`lib, so`ngra xos qiymatlarining har birigategishli xos vektorlar quriladi.)
λ1 va λ2 sonlar (12) xarakteristik tenglamaning turli haqiqiy ildizlari bo`lsin. Agar P1 vektor λ1 xos qiymatga tegishli biror-bir xos vektor, P2 esa λ2 xos qiymatga mos biror xos vektor bo`lsa, u holda (10) tenglama-ning ikki xususiy yechimlari Y1= P1·eλ1·x, Y2 = P2·eλ2·x formulalardan aniqlanadi.
Umumiy yechim
Y = C1·Y1 + C2·Y2,
ko`rinishga ega, bu yerda C1 va C2 ixtiyoriy o`zgarmaslar.
Agar λ1 = λ2 bo`lsa, unda ikki Y1 va Y2 xususiy yechimlarning o`rniga birgina Y1 yechimni olamiz. Ushbu holda ikki xususiy yechim sifatida Y1 va x·Y1 lar tanlanadi.
Agarda X1 va X2 sonlar haqiqiy sonlar bo`lmasa, u holda λ1 = α + β·i, λ2 = α - β·i - bu yerda β ≠ 0. λ1 va λ2 kompleks xos qiymatlarga mos xos vektorlar quriladi. Xususiy Y1= P1·eλ1·x, Y2 = P2·eλ2·x yechimlar ham o`zaro qo`shma kompleks bo`ladi. Haqiqiy yechimlarni olish uchun Y1 va Y2 larning chiziqli kombinatsiyasini quyidagi ko`rinishda
Y10 = Y1 + Y2, Y20 = (l/2i)(Y1 - Y2)
quramiz.
Misol. Sistemani yeching.
Ushbu sistema uchun
A matritsaning xos qiymatlari λ1 = 1, λ2 = 6 va ularga tegishli xos , vektorlar qurilgan (I - qism, §17 ga qarang).
Xususiy yechimlar ,
Matritsa ko`rinishda umumiy yechim
ko`rinishda yozilib, undan esa
y1(x) = - 2C1·ex + C2·e6x, y2(x) = 3C1·ex + C2·e6x umumiy yechimlar olinadi.
Dostları ilə paylaş: |