II. Fanning maqsadi. “Boshqaruv jarayonlari” fanini о‘qitishdan ko’zda tutilgan asosiy maqsad talabalarni, butun dunyo miqyosidagi ishlab chiqarish va xizmat kо‘rsatish sohalaridagi biznes operatsiyalar va jaroyonlarni samaradorligini oshirishning bazaviy konsepsiya, uslublari hamda oxirgi yutuqlari bilan tanishtirish va shu bilan birga ularni amalda tadbiq etish kо‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan. Ushbu fan bugungi kunda mamlakatimizni rivojlantirish, yangilash va modernizatsiya qilish bо‘yicha tanlangan strategiyani amalga oshirishda biznes jarayonlarni samarali boshqarish, tejamkorlik g‘oyasini ilgari surish, xorijiy yirik kompaniyalarning boshqaruvida TQM, JIT, Kayzen, Caban, ABC (Aktiviti Based Costing) konsepsiyalarini qо‘llashni tushunishda talabalarni zarur bо‘lgan bilimlar bilan qurollantiradi. Boshqaruv jarayonlari fani ishlab chiqarish tizimlarini, ulardan foydalanish va doimiy takomillashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sifatini ta’minlash muammolarini о‘z ichiga oladi. U har qanday operatsiyalarni, avvalo mijoz va tashkilotlar uchun tayanch belgilarga ega barcha operatsiyalarni samarali va oqilona boshqarishni о‘ziga xos jihatlari bо‘yicha yangi bilim, kо‘nikma va malakalarini shaklllantirishni nazarda tutadi.
III. Ta’lim berish natijalari. Fanni о‘zlashtirish natijasida talaba:
- boshqaruvga zamonaviy yondashuvlar, tejamkorlik, reinjinering, 5 R, AVS tahlili, Balanced Scorecard, TQM, RPM, JIT tizimi bо‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalarni qо‘llash va tadbiq etish uslubiyatlari tо‘g‘risida tasavvurga;
- korxonalar faoliyatini tahlil qilish, korxona menejmentini baholash, strategik, taktik va operativ qarorlar qabul qilish, operatsion strategiya ishlab chiqish, yangi mahsulotlarni loyihalashtirish, reinjiniring, sifat menejmenti va benchmarking usullarini qо‘llash, biznes jaroyonlarni baholash asosida samaradorlik mezon kо‘rsatkichlarini tahlil qilish va ulardan ishlab chiqishni unumli foydalana olish;
- ishlab chiqarish korxonalarida ilmiy asoslangan tadqiqotlar asosida ishlab chiqarish xarajatlarini minimalllashtirishga, yangi mahsulotlarni loyihalashtirishda ishlab chiqarish korxonalarida inovatsion faoliyatni tashkil etish, korxonalarga operatsion strategiya ishlab chiqish, korxonalarga JIT, Kayzen tizimlarini tadbiq etish, biznes jaroyonlarini samarali boshqarish, xodimlarni rivojlantirish, operatsion strategiyani amalga oshirishda yuzaga keladigan muammolar bо‘yicha yechimlar qabul qilish kо‘nikmalariga ega bо‘ladi.