Kontekst menyu oynaning ixtiyoriy joyida sichqonchaning o'ng tugmasini bosish yordamida ochiladi. Bu menyu bandlari qaysi element ajratilgani, qanday operatsiya bajarilayotgani va shu kabi holatlarga bog’liq holda o'zgaradi.
Windows XP da ishlash jarayonida kompyuter Siz bilan oynalar yordamida muloqot yuritadi, ilovalar oyna ko’rinishida namoyon bo’ladi va h.k demak, oynaning asosiy qismlarini aniqlashtirib olishimiz kerak. Birinchi qator-oyna nomidir. Agar shu qatordagi ilovaning rasmchasi bosilsa, oyna joylanishini va o’lchovlarini belgilovchi buyruklar ruyxati paydo bo’ladi. Ung burchakda 3 ta tugmacha mavjud:
–«Свернуть» (Yigib olish). U ilova oynasini masalalar panelidagi turtburchak tugmacha shaklida (darchadek) yigib oladi. Sichqonni «darcha» ustida bir marta bosish oynaning oldingi o’lchovi va joylashishini tiklaydi
-«Развернуть» (Yoyish). U ilova oynasini butun ekranga (yoki hujjat oynasini butun ilova oynasiga ) yoyib tashlaydi. Masalalar paneli oyna maksimallashtirilgan holda ham ko’rinib turadi. Sichqoncha «Развернуть» (Yoyish) piktogrammasi ustida bosilgandan keyin uning o’rnida boshqa piktogramma paydo bo’ladi. Hosil bo’lgan piktogrammaning ustida sichqoncha bosilsa , oyna oldingi holatiga qaytadi.

-«Закрыть» (Yopish). U joriy ilovani yopadi va bajarilayotgan ishning saqlab qolinmagan natijalarini saqlaydi. Bu operatsiya klaviaturada Alt +F4 tugmachalar kombinatsiyasi yordamida amalga oshiriladi.
Oynadagi keyingi qator – menyular qatori. Bunda bir nechtadan buyruqlarni o’z ichiga olgan menyular joylashgan.
Menyo'lar qatori ostida piktogrammalar qatori mavjud. Bu qatorda ko’p ishlatiladigan buyruqlar belgilari joylashgan.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
Симонович С.В. Windows- 98. учебный курс.19 уроков для освоения операционной системы. С. Петербург, Москва 1999.
T.X. Xolmatov, N.I. Taylakov, U.A.Nazarov Informatika va Hisoblash texnikasi. «Uzbekiston milliy entsiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, T 2001
Симонович С.В ва бошкалар “Общая информатика”, ”Специальная информатика”, ”Практическая информатика”, Москва, 2000 .