Operatsion sistema



Yüklə 58,78 Kb.
səhifə3/10
tarix07.01.2024
ölçüsü58,78 Kb.
#208811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
14 Operatsion sist

Moslanuvchanlik. Sistema amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi OC effektivligi va samaradorligini oshirish maqsadida ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.

  • Kengaytiruvchanlik. Evolutsiya jarayonida OC ga fizik va dasturiy resurslar qo’shilishi mumkin.

  • Aniqlik. Foydalanuvchi sistema interfeys darajasidan pastda sodir bo’ladigan jarayonlar bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi sistema haqida qancha bilgisi kesa shuncha bilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Bu holatda aniqlik interfeys sistemasida qabul qilingan qoida va fizik qurilmalar ulanishi va o’zaro bog’liqligining funksional harakteristikasi asosida amalga oshiriladi.

    Avval qayd etganimizdek, OC ning asosiy vazifasi bu –resurslar taqsimoti va boshqarishdan iborat.OC foydalanuvchini resurslar taqsimotidan ozod qilib kompyuterni uch xil rejimda ishlashini ta’milashi mumkin: bir dasturlik; ko’p dasturlik; ko’p masalali.
    Bir dasturli rejim – kompyuterning barcha resurslari faqat bir dasturga xizmat qiladi.
    Ko’p dasturli rejim (multidastur) – OC bir vaqtning o’zida bir – biriga bog’liq bo’lmagan bir necha dasturlarga xizmat qiladi. Bunda resurslar dasturlar o’rtasida o’zaro taqsimlanadi. “multidastur” rejimi markaziy protsessor ish vati bilan “periferiya” qurilmalari ishini ta’minlashdan iborat. Bu usulning bir dasturli rejimidan afzalligi resurslardan effektiv foydalanish va berilgan masala yechilishini tezlatishdir.
    Ko’p masalali rejim – “multimasala” rejimda bir vaqtning o’zida bir necha masalaning parallel ishlashini ta’minlash ko’zda tutilgan. Bunda bir masalaning natijasi ikkinchi masala uchun berilganlar majmuasinin tashkil qilishi ham mumkin.OC yechilayotgan masalalarni bir – biri bilan bog’liqligini rejalashtiradi va nazorat qilib boradi. “ko’p dasturli” rejimdan (dasturlar orasida vaqtni taqsimlash prinspi) farqli, bu yerda barcha masalalar bo’yicha parallel ishlash ko’zda tutilgan. Ko’p masalali rejim faqat multisistemada (bir necha protsessor) tashkil qilinadi.
    OC kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida vosita hisoblanadi. OC foydalanuvchi so’rovini analiz qiladi va uni bajarilishini ta’minlaydi. So’rov OC tilida qabul qilingan buyruqlar ketma – ketligi ko’rinishda bo’ladi. OC so’rovlarni turli rejimlarda bajarishi mumkin, shu sababli OC ni quyidagi tiplarga bo’lish mumkin:

    paket” rejimi – bu masalalar majmuasiga ishlov beruvchi sistema ya’ni bir yoki bir necha foydalanuvchi tomonidan tayyorlangan topshiriqlarni bajaruvchi sistema. Masalalar majmuasi kompyuterga kiritilgandan so’ng foydalanuvchi bilan uning masalasi o’rtasida muloqot qilish ta’qiqlangan. Bunday OC bir dasturli yoki ko’p dasturli rejimlarda ishlashi mumkin.

    Yüklə 58,78 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin