Masalaning bog’lanishini boshqarish (ketma – ket, parallel). Masala OC resurslari bilan ketma – ket yoki parallel bog’lanishi mumkin. Bunday bog’lanish, asosan, resurslarning jarayonga xizmat qilish tezligiga bog’liq. Agar resurslarning xizmat qilish tezligi bir xil bo’lsa, resurslar xizmatga ketma – ket chaqiriladi. Agar talab qilinayotgan resurs tezligi sekin bo’lsa va u mustaqil o’zi masalaga xizmat qila olsa, u holda bu resursga boshqaruv beriladi va navbatda turgan keyingi resurs aktiv holatga o’tadi va x.k. shu bilan birga, masala uchun bir necha resurs parallel xizmat qiladi. OC tarkibiga masalani hal qiluvchi dasturlarni parallel va ketma – ket bo’lgan qismini aniqlaydigan maxsus buyruqlar kiritiladi.
Yordamchi qurilmalar. Aksariyat qurilmalar bilan har bir oniy vaqtda faqat bitta masalaga xizmat qilishi mumkin. Qurilmalarning bunday ko’rinishda ishlashi kompyuterdan noeffektiv foydalanishga olib keladi. Bunday hol yechilayotgan masalaning hisoblash vaqti ko’p bo’lsa, ayniqsa, sezilarlidir. Tezkor qurilmalar foydalanuvchi uchun, OC ning fayllarini bajarish dasturi yordamida taqsimlanadi. Tezkor qurilmalarda vujudga keladigan ushlanishlar ularning tez ishlashi va kiritish – chiqarish so’roviga ketgan vaqtini inobatga olsak – umumiy jarayonni qoniqarli deb hisoblasak bo’ladi. Kompyuter unumdorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan faktorlardan asosiysi kiritish – chiqarish qurilmalarining sekin ishlashidir. OC kompyuter unumdorligini oshirish uchun spuling mexanizmini ishga soladi. Spuling – kiritish – chiqarishga mo’ljallangan berilganlarni avtomatik tarzda diskka yozib qo’yuvchi dastur. Spuling tayyorlagan ma’lumot qurilma tayyor bo’lganda qo’yilgan masalaga qarab kiritiladi yoki chiqariladi.
Matematik ta’minot resurslari –berilganlar va dastur bajarilishini nazorat qiluvchi, foydalanuvchidan himoyalanmagan funksiyalar majmuasidan iborat. Bu resurslar orasida sistema rejalashtirish, sistema kutubxonalari, fayllarni boshqarish va kiritish – chiqarishga xizmat qiluvchi servis (xizmat ko’rsatuvchi) dasturlar mavjud.