Kommunikatsiya – bu ikki sistemali dasturni, buyruqni, dastur va buyruqni yoki buyruq va dasturni birlashtirish. Bunday ko’rinishdagi birlashtirish bir dastur yoki buyruqning natijasini boshqa dastur yoki buyruqqa kiritish imkoniyatini beradi. Yo’naltirilgan kiritish-chiqarish bilan kommunikatsiya farqi: yo’naltirilgan kiritish – chiqarish bilan kommunikatsiya farqi: yo’naltirilgan kiritish – chiqarish bu – berilganlarni o’qish yoki ularni “periferiya” qurilmasiga uzatishdir. Kommunikatsiya esa-bu sistema dasturi va buyruqlari orasidagi o’zaro berilganlarni almashishdir, ya’ni berilganlarni uzatish OC ichida amalga oshiriladi.
Operatsion sistemaninig qoshimcha funksiyalari.Berilganlarga ishlov berish. Berilganlar kompyuter xotirasida turli ko’rinishda saqlanadi. Bular avvaldan kelishilgan xolda bo’ladi. Masalan, dastur saqlanish prinsipi bilan berilganlarni saqlanishi turlichia bo’ladi, biron-bir matn muharriri yordamida xosil qilingan ma’lumot boshqa muharrir yordamida hosil qilingan ma’lumotlarning ichki ko’rinishidan farq qiladi. Har bir malumotning ichki tuzilish avvaldan tanlabolingan kodlash usuli yordamida xosil qilinadi. Kodlar turlari va kodlash usulari turlicha. Ularni qanday ko’rinishda tanlab olish va ishlatish bevosita sistema ijodkorlariga bog’liq. Odatda, biron-bir kodlash usuli ma’lum bir turdagi kompyuter (dasturiy ta’minot bilan birga) uchun tanlab olinadi va bu turdagi kompyuter takomillashsa, kodlash usulini saqlab qolishga harakat qilinadi. Bundan shunday xulosa qilishimiz mumkin, OC tarkibidagi berilganlarga ishlov beruvchi dastur berilgan dastur berilganlar tuzilishini aniqlab dastur, arifmetik konstanta, berilganlar majmuasi (matn) va h.k. kerakli usulda tahlil qilib, ko’zda tutilgan ishni bajaradi.
Virtual xotirami boshqarish.OC tarkibiga virtual (faraziy) xotiraga ishlov beruvchi dastur kiritiladi. Virtual xotira – bu taxmin (tasavvur) qilinadigan xotira. Virtual xotira hajmi real fizik xotira hajmidan ko’p bo’ladi. Bunday usulni tanlab olish sabablari, birinchidan, hotiraninig har bir manzilini tanlash manzilini tanlash bo’lsa, ikkinchidan, real operativ xotiraning tannarxi birmuncha qimmatligidadir. Shuni eslatib o’tish kerakki, albatta protsessor virtual xotirag ishlov berishda real fizik xotiraga ishlov berishga nisbatan ko’proq vaqt sarflaydi. Virtual xotira varaqma-varaq tashkil qilinadi. Har bir varaqda aniqlangan xotiraning malumot birligi uchun o’z manzili mavjud bo’ladi. Bu manzillar ketma-ketligi ularning ko’rinishi va yozilishi har bir varaq uchun bir xil bo’ladi. Virtual xotiraning real adresi xisoblanganda varaqdagi manzil qiymatiga varaq koeffitsienti qo’shiladi. Shu sababli manzillar chalkashiligi oldi olinadi. Ya’ni agar biz bir necha nomdagi ko’chani qarasak, har bir ko’chada 13-uy mavjud bo’lsa, xa rbir 13-uy manzili turli bo’ladi, chunki ko’chalar nomi turli.