Multilevel Queue Scheduling – Ko’p bosqichli navbat
səhifə 5/5 tarix 29.04.2023 ölçüsü 10,84 Kb. #104658
Operatsion tizimlar tushunchasi va-fayllar.org
Multilevel Queue Scheduling – Ko’p bosqichli navbat
Ko’p bosqichli navbat(Multilevel Queue)da har xil navbatdagi jarayonlar 2 ga ajratiladi:
Interaktiv jarayonlar navbati (kam vaqt talab qiluvchi);
Fon rejimidagi jarayonlar navbati (ko’p resurs talab qiluvchi, ammo tez bajarilishi shart bo’lmagan).
Har bir navbatning balansni saqlab turuvchi o’z rejalashtirish navbatlari mavjud:
Interaktiv jarayonlarda RR(Round Robin);
Fon rejimdagi jarayonlarda FIFO(First in First Out).
Prioritetlar asosida rejalashtirish:
- birinchi bo’lib barcha interaktiv jarayonlar bajariladi keyin fon rejimidagilari.
Vaqtlarni bo’lish asosida:
- o’zining jarayonlari orasida rejalastirish uchun har bir navbatga MP vaqtining bir qismi ajratiladi, masalan, MP vaqtining 80 % interaktiv jarayonlar uchun RR (Round Robin) orqali, 20 % fon rejimidagi jarayonlar uchun FIFO orqali.
Ko’p bosqichli navbat qayta aloqa bilan
Ko’p bosqichli navbat qayta aloqa bilan (Multilevel Feedback Queue Scheduling) Sarflangan vaqt asosida rejalastirish, agar jarayon aniq kvant vaqt sarflagan bo’lsa, u dinamik qayta rejalshtiriluvchi navbatga joylashtiriladi. Agar keraklicha tez bajarilsa unda u birinchi “tezkor” jarayonlar navbatiga tushadi. Agar o’rtacha vaqt talab qilsa , unda o’rta navbatga tushadi. Agar ko’p vaqt talab etsa, unda FIFO ning oxirgi navbatiga tushadi. Buning hisobiga jarayonlar doim navbatlar orasida ko’chib yuradi. Shuning uchun ham jarayonlarni joylashtirish va uning holatini o’zgartirish kerak emas.
Kvant 32 ms
Kvant 64 ms
FIFO
Nazorat savollari
1. Jarayon nima?
2. Jarayon komponentalari nimalar va ularga izoh bering?
3. Jarayon holatlari qaysilar?
4. Jarayonlarni yaratish uchun UNIX tizimida qanday operatordan foydalaniladi
5. Jarayonlarni yaratishda qanday ketma-ketlik amalga oshiriladi
1. Andrew S. Tanenbaum, Albert S. Woodhull . Modern Operating Systems: Third Edition , Chapter 2, Procces and Streams, 2.1. Proccesses
2. Гордеев А.В. Операционные системы , Глава 2
3.http://www.tutorialspoint.com/operating_system/os_processes.htm
4.http://www.tutorialspoint.com/operating_system/os_process_scheduling.htm
http://fayllar.orgDostları ilə paylaş: