Dastur obyekti (ishga tushuvchi yoki bajariluvchi dastur)
Data (Kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlar)
Resurslar (protsessor, xotira)
Holat (bajarilyapti, to’xtatildi, kutish va h.k.)
Jarayonlar holati
Jarayonlar operatsion tizim boshqaruvi ostida hisoblanadi.
Bir protsessorli kompyuter tizimida vaqtning har bir momentida faqat bitta jarayon bajarilishi mumkin.
Multidasturli hisoblash tizimlarida bir nechta jarayonni psevdoparallel qayta ishlash, protsessorni bir jarayondan ikkinchi jarayonga o’tkazish yordamida amalga oshiriladi. Bir jarayon bajarilguncha qolganlari o’z navbatini kutadi.