Operatsion tizimlar fayl tizimi, tuzilishi va tashkil etilishi



Yüklə 483,08 Kb.
səhifə9/16
tarix12.10.2023
ölçüsü483,08 Kb.
#154217
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
4-amaliy. Operatsion tizimlar fayl tizimi

Nomlangan kanallar(yoki konveyerlar) - bitta dasturning chiqish faylini boshqa dasturning kirish fayliga bog‘lashga imkon beradigan siklik buferlar.
Xotirada akslanadigan fayllar - belgilangan virtual manzilda jarayon manzili maydonida joylashtirilgan oddiy fayllar.

Fayl atributlari


“Fayl” tushunchasi o‘z ichiga faqat uning ma’lumotlarini saqlashdan tashqari atributlarni ham oladi. Atributlar – fayl xususiyatini tavsiflovchi axborot.
Fayl atributlari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  • fayl turi (oddiy fayllar, kataloglar, maxsus fayllar va boshqalar);

  • fayl egasi (joriy foydalanuvchi);

  • fayl yaratuvchisi (faylni yaratgan foydalanuvchi identifikatori);

  • faylga kirishga uchun parol (faylga kirish uchun parol);

  • faylga kirish operatsiyalariga ruhsat berish to‘g‘risida axborot;

  • yaratilgan vaqti, so‘nggi kirish va so‘nggi o‘zgarish to‘g‘risida axborot;

  • faylning joriy hajmi (yozuvdagi baytlar soni);

  • faylning maksimal hajmi (faylni hajmini oshirish mumkin bo‘lgan baytlar soni);

  • “faqat o‘qish uchun” belgisi;

  • “tizim fayli” belgisi;

  • “arxiv fayli” belgisi;

  • “ikkilik/belgili”belgisi;

  • “vaqtinchalik” (jarayon tugagandan so‘ng yo‘q qilish) belgisi;

  • Bloklash belgisi;

  • Fayl yozuvi uzunligi;

  • Yozuvning muhim qismini ko‘rsatish;

  • Kalit uzunligi.

Fayl atributlar to‘plami fayl tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi: fayl xarakteristikasida turli xil turdagi fayl tizimlarida turli xil atribut to‘plamlaridan foydalanish mumkin. Masalan, yuqorida keltirilgan ro‘yxatdagi so‘nggi uchta atribut bo‘lmagan strukturalashmagan faylni qo‘llab-quvvatlovchi fayl tizimida fayl tuzilishi bilan bog‘langan bo‘ladi. Bir foydalanuvchilik OT lar atributlar to‘plami foydalanuvchi va himoya qiluvchi (ya’ni fayl egasi, fayl yaratuvchisi, faylga kirish uchun parol, faylga kirishga ruhsat berish to‘g‘risidagi axborot) layoqatiga ega atributlar bo‘lmaydi.
Foydalanuvchi atributga kirish huquqini olish uchun ushbu maqsadda fayl tizimiga taqdim etilgan vosita yordami bilan olishi mumkin. Odatda istalgan atribut ma’nosini o‘qishga ruhsat beriladi, o‘zgartirishga esa faqat ayrimlariga ruhsat beriladi. Masalan, foydalanuvchi faylga kirish qoidalarini o‘zgartirish mumkin, lekin unga faylni joriy hajmini va yaratilgan sanani o‘zgartirishga ruhsat berilmaydi.



    1. Yüklə 483,08 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin