Opratsion tizimlari
34
gilash) uchun kompyuterning konfigurasiyasini o‘rnatishning Setup dasturini ishlatish zarur.
Vaqt haqidagi axborotni chiqarish va kompyuterda vaqtni o‘rnatish.
Joriy vaqt haqidagi axborotni chiqarish va kompyuterda vaqtni o‘rnatish
uchun Time
buyrug‘idan foydalaniladi.
Buyruqning ko‘rinishi quyidagicha: time (soatlar: daqiqalar) bunda soatlar 0 dan 24 gacha,
daqiqalar 0 dan 59 gacha.
Agar time buyrug‘i parametrlarsiz berilgan bo‘lsa, unda DOS joriy vaqtni chiqaradi va komp-
yuterda vaqtning yangi belgilanishni so‘raydi. Agar siz vaqtni o‘zgartirishni istamasangiz, darhol En-
ter tugmachasini bosing.
Misol:
Time
Time 12:43.
Eslatma (mulohaza). MS DOS 3.3 versiyasidan boshlab, time buyrug‘i
IBM PC AT va
PS/2 modelli kompyuterlarning xotirasida joriy vaqtni eslab qoladi.
NORTON COMMANDER:
UMUMIY
MA’LUMOTLAR
Peter Norton Computing firmasi (1992 yili bu firma Symantic korporatsiyasiga qo‘shilgan)
ishlab chiqqan Norton Commander dasturi DOS operatsion tizimi bilan ishlash uchun eng
mashhur qobiq dasturlardan biri hisoblanadi. Odatda, foydalanuvchilar
uning yordamida
kataloglarni ko‘rib chiqadilar, fayllardan nusxa ko‘chiradilar, ularni qayta nomlaydilar, o‘chirib
tashlaydilar, dasturni ishga tushuradilar va hokazo. Albatta, bularning hammasini bevosita, ya’ni
DOS amallar tizimini imkoniyatlarini ishga solib ham qilish mumkin. Ammo foydalanuvchilarn-
ing ko‘pchiligi buni Norton Commander yoki qandaydir shunga o‘xshash dastur yordamida qi-
lishni afzal ko‘radilar. Nima uchun ular DOS bilan ishlashda ortiqcha oraliq bo‘g‘inni ishlata-
dilar?
Javob soddagina. Oldin berilganidek, foydalanuvchining DOS operatsion tizimi bilan o‘zaro
harakatlar muloqat tamoyili bo‘yicha qurilgan: foydalanuvchi klaviaturada zarur buyruqni teradi
va Enter tugmachasini bosadi, shundan so‘ng DOS kiritilgan buyruqni bajaradi. O‘zaro aloqador
harakatning bu usuli ko‘rgazmali emas va yetarli darajada qulay emas. Darhaqiqat, faylni boshqa
katalogga nusxalash (ya’ni faylning nusxasini boshqa katalogga ko‘chirish uchun)
buyruqning
nomini va katalogning nomini terish, buning uchun esa nomlarni yodda tutish va ularni terishda
adashmaslik kerak. Zarur faylni, fayldan nusxa ko‘chirilishi va so‘ng
zarur harakatlar
Opratsion tizimlari
35
takrorlanadigan katalogni ko‘rsatish uchun kursorni boshqarish tugmachalari yoki sichqoncha
yordamida ekranning ma'lum joylarini "ko‘rsatish" osonroq.
Aynan Norton Commander
kompyuter bilan ana shunday ko‘rgazmali darajada ishlash imkonini beradi.
Norton Commanderdan tashqari ham masalan, Qdos, PathMinder,
Xtree va boshqa qobiq
dasturlar ham bor. Vatanimizda yaratilgan Pie Commander, Victoria
Commander Processor va
boshqa ancha yaxshi ishlanmalar ham mavjud. MS DOSning 4.0 va 5.0 versiyalarining
amallariga ham o‘zining qobiq dasturi qo‘shilgan. Lekin Norton Commander eng muvaffaqiyatli
va eng keng tarqalgandir. Ushbu qismda bu dasturning 4.0 versiyasi imkoniyatlari batafsil bayon
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: