О’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA О’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
“Tasdiqlandi”
О’quv ishlari bо’yicha prorektor
_________dots. R.A.Mullajonov
2021 yil “___” avgust
“XORIJIY TIL”
(FRANSUZ TILI) fanining
ISHCHI О’QUV DASTURI
(3 kurs sirtki)
Bilim soxasi:
|
100000
|
–
|
Gumanitar soxa
|
Ta’lim soxasi:
|
110000
|
–
|
Pedagogika
|
Ta’lim yunalishlari:
|
5110700
|
–
|
Informatika о’qitish metodikasi
|
Umumiy о’quv soat – 356 soat
Shu jumladan:
Amaliy mashg’ulotlar – 96 soat
(1-smester– 16 soat, 2-smester-16 soat, 3-smester-16 soat, 4-smester-16 soat, 5-smester-16 soat, 6-smester-16 soat)
Mustakil ta’lim soati – 260 soat
(1-smester– 44 soat, 2-smester-44 soat, 3-smester-44 soat, 4-smester-44 soat, 5-smester-44 soat, 6-smester-40 soat)
Andijon-2021 y.
Fanning ishchi о’quv dasturi О’zbekiston Respublikasi Oliy va о’rta maxsus ta’lim vazirligi 2018 yil “14” iyundagi 531 sonli buyrug’i bilan (buyruqning
1 ilovasi) tasdiqlangan “Xorijiy til” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Ishchi о’quv dasturi Andijon davlat universiteti Kengashining 2020 yil __ avgustdagi “__” sonli bayoni bilan tasdiklangan.
Tuzuvchilar:
|
|
|
Y.Mirzaaxmedova
|
–
|
AndDU, Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar)kafedrasi mudiri
|
N.Xasanboyeva
|
–
|
AndDU, Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar)kafedrasi о’qituvchisi
|
Taqrizchilar:
|
|
|
|
|
|
A.Mamatkulov
|
–
|
AndDU, Chet tillar fakulteti dekani, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
|
A.Mamadaliyev
|
–
|
AndDU, “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, dotsent
|
AndDU Chet tillar fakulteti dekani:
2021 yil “___”____________ F.f.f.d dotsent D.A.Rustamov
Fakultetlararo chet tillar (aniq va tabiiy fanlar) kafedrasi mudiri:
2021 yil “___”____________ F.f.f.d PhD D.N.Satimova
О’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi о’rni
О’zluksiz ta’lim tizimining chet tillar bо’yicha davlat ta’lim standartidagi “Chet tillar bо’yicha ta’limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qо’yiladigan talablar”ga muvofik oliy ta’lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bо’lmagan fakultetlari bitiruvchilari chet tili bо’yicha B2 darajasini egallashlari belgilab berilgan.
Xorijiy til fan dasturi mazmun-mohiyatiga kо’ra umumiy ilmiy (akademik) til kо’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan, talabalarning bо’lg’usi kasbiy faoliyatlarida foydalanadigan til kompetensiyalarini rivojlantirishga moslashtirilgan. Mustaqil ta’lim talabalarda tildan erkin foydalanish kо’nikma va malakalarini egallash motivatsiyasini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan.
Ushbu dastur “Xorijiy til” fanini о’qitish davrida talabalarning umumiy, akademik va kasbga yо’naltirilgan til kо’nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan. Xorijiy tilni о’rganishning mustaqil muloqot (V2) darajasi talabalarda kо’proq akademik va kasbga yо’naltirilgan til kо’nikmalarini rivojlantirishni taqozo etadi.
О’quv fanining maqsadi va vazifasi
Xorijiy tilni о’rgatishdan asosiy maqsad - bо’lg’usi mutaxassislarda kundalik xayotlari, ilmiy va kasbiy faoliyatlarida chet tili yoki bir necha tillardan erkin foydalanuvchi mutaxassislarni tayyorlash. Shu bilan birga, ularda vatanparvarlik xissini rivojlantirish, mustaqil izlanish, bilim va kо’nikmalarini darsdan tashqari, OTMni bitirganlaridan keyin ham rivojlantirish malakalarini hamda umumbashariy va sohaga oid ilmiy mavzularda mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar ilgari suriladi:
talabalarning nutqiy (о’qish, yozish, tinglab tushunish, gapirish), til (leksik, grammatik), ijtimoiy-madaniy va pragmatik kompetensiyalarini DTSi talablariga binoan rivojlantirish;
ilmiy, kasbiy va maishiy faoliyatga bog’liq mavzular yuzasidan og’zaki va yozma ravishda bayon etish kо’nikma va malakalarini rivojlantirish;
umumbashariy va milliy qadriyatlar bilan tanishtirish, madaniyatlararo bag’rikenglik va millatlararo hamdustlik hislarini singdirish;
ilmiy va kasbiy faoliyatda qо’llaniladigan termin va atamalarni о’rgatish;
talabalarning ilmiy va sohaviy yо’nalishlaridan kelib chiqqan xolda mustaqil ishlarini tashkil etish.
Fan bо’yicha talabalarning bilim, kо’nikma va malakalariga quyida keltirilgan talablar quyiladi. Davlat ta’lim standartlariga kо’ra chet tili bо’yicha B2 daraja bitiruvchilari tayyorgarligi darajasiga quyiladigan talablar asosida quyidagi kompetensiyalarni egallash kо’zda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: |