Opratsion tizimlari
48
Agar faylni baribir tahrir qilish kerak bo‘lsa, unda Norton Commanderga qo‘shib chiqarilgan
muharrirdan emas, qandaydir boshqa muharrirdan foydalanish kerak bo‘ladi.
Muharrir yordamida fayllar tuzish. Agar "Shift"+"F4" tugmachalari kombinatsiyasi bos-
ilganidan keyin diskka unda yo‘q bo‘lgan faylning nomi kiritilsa,
bu holda yangi fayl
yaratilgan bo‘ladi.
Fayllar va kataloglardan nusxa olish
Norton Commander yordamida fayllardan nusxa olish uchun zarur faylni ajratish yoki fayllar
guruhini tanlash va "F5" tugmachasini bosish kerak. Agar panelda
qaysidir fayllar tanlangan
bo‘lsa (ular disketda sariq rangda, monoxrom displeyda esa kuchaytirilgan
yoruqlik bilan
tasvirlanadi, bunda panelning pastida tanlangan fayllarning soni, umumiy o‘lchami
haqidagi
ma’lumotlar bo‘ladi), unda tanlangan fayllar guruhidan nusxalar olinadi, aks hollarda joriy fayl-
dan nusxa olinadi.
"F5" tugmachasi bosilgach, ekran markazida fayl yoki fayllarning
nusxasini qaerga
ko‘chirish haqida so‘rov paydo bo‘ladi. So‘rovda boshqa (faol bo‘lmagan) panelda tasvirlangan
katalogning nomi taklif qilinadi (aniqrog‘i nusxalarni ko‘chirish taklif qilayotgan katalogni nomi
taklif qilinadi). Shuning uchun fayllardan boshqa katalogga nusxa olishdan oldin bu katalog
boblarining mundarijasini Norton Commanderning boshqa
paneliga chiqarish maqsadga
muvofiqdir. Unda so‘rovga javob berish uchun "Enter" tugmachasini bosib qo‘yish kerak
bo‘ladi, xolos.
So‘rovga javob:
• fayl yoki fayllarning nusxasini ko‘chirish kerak bo‘lgan katalogning nomini
kiritish;
• faylning yangi nomini kiritish (agar bittadan ko‘p fayllarning nusxasini ko‘chirilayotgan
bo‘lsa, bu nomda * yoki ? simvollari bo‘lishi kerak);
• "F10" tugmachasini bosib yoki "F10" Tree yozuvini ajratib va "Enter" tugmachasini bosib,
ekranga joriy diskning katalogida shaklini chiqarish va undan fayllarning nusxasini
tushuriladigan katalog tanlab olinadi. Katalogni tanlash uchun uni
kursorni harakatlantirish
tugmachalari yordamida ajratib olib keyin "Enter" tugmachasini bosish kerak.
Undan so‘ng fayllardan nusxa olishni boshlash uchun "Enter" tugmachasini bosish kerak.
Agar fayllardan nusxa olish niyatidan qaytgan bo‘lsangiz "Esc" tugmachasini bosing. Fayllardan
nusxa olayotganda ekranga yo‘l diagramma chiqariladi, u nusxa ko‘chirish
jarayonini
ko‘rgazmali tasvirlab turadi.
Dostları ilə paylaş: