Operatsion tizimlar «Informatika va Axborot texnologiyalari»


Fayllarni o‘chirib tashlash



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/61
tarix01.06.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#60316
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61
Hhjg

Fayllarni ochirib tashlash. Agar siz bitta faylni olib tashlab yuqorida keltirilgan so‘rovga 
ijobiy javob bergan bo‘lsangiz, fayllar bir nechta bo‘lganida esa Norton Commander har bir 
faylni o‘chirib tashlash oldidan so‘rov chiqarib turadi. Siz javoblarning quyidagi variantlaridan 
birini tanlab olishingiz mumkin. Bular: 
"Delete" - ushbu faylni o‘chirib tashlash; 
"All" - ushbu faylni va qolgan hamma fayllarni so‘rovlarsiz o‘chirib tashlash; 
"Skip" - ushbu fayl o‘chirib tashlanmasin; 
"Cancel" - ushbu fayl va boshqa fayllar o‘chirib tashlanmasin. 
"

", "

" tugmachalari bilan kerakli javobni tanlang va "Enter" tugmachasini bosing. "Fa-
qat o‘qish uchun" belgili fayl chiqarib tashlanayotganda ekranga ushbu faylni olib tashlashni 
tasdiqlash haqida (The following file is market read only ...do you still wish to delete it?) 
qo‘shimcha so‘rov chiqariladi. Agar siz ushbu faylni o‘chirib tashlashni xohlasangiz "Enter" 
tugmachasini, istamasangiz "Esc" tugmachasini bosishingiz kerak. 
Kataloglarni o‘chirib tashlash. Agar "F8" tugmachasini bosganda chiqariladigan so‘rovda 


Opratsion tizimlari 
51 
"include sub directories" rejimi ishga tushirilgan bo‘lsa (yozuvning chap tarafida turgan bo‘lsa), 
unda Norton Commander o‘chirib tashlashni tasdiqlash haqidagi oddiy so‘rovni chiqaradi va 
javob ijobiy bo‘lganida katalogni unga kiruvchi hamma kataloglar hamda ostki kataloglarni 
qo‘shgan holda bor budi bilan birga o‘chirib tashlaydi. Bunda alohida e’tiborli bo‘ling, chunki 
ma’lumotlar katalogdan yanglishib chiqarib tashlaganda, ularni katalogga qaytadan tiklash juda 
mushkul bo‘lishi mumkin. 
Agar "Include sub directories" o‘chirilgan bo‘lsa, unda Norton Commander katalogni, agar u 
bo‘sh bo‘lsa, o‘chirib tashlaydi. 
Diskdan faylni izlash. Joriy diskning hamma kataloglaridan faylni tez izlash uchun "Alt" + 
"F7" tugmachalarini bosish va "File Name" yozuvining o‘ng tomonida siz yozmoqchi bo‘lgan 
faylning nomini terish kerak. Faylning nomida * va ? simvollarini ishlatish mumkin. Keyin "


tugmachasini bosish bilan kursorni "Containing" yozuvining o‘ngidagi qatoriga ko‘chirish va u 
yerga siz ko‘rsatgan fayllarda bo‘lishi kerak bo‘lgan simvollar qo‘shilmasini kiritish mumkin. 
Agar siz simvollar qatorini izlash haqida buyruq berishni istamasangiz, so‘rovdan so‘ng
"Containing" yozuvining o‘ng tarafi bo‘sh bo‘lishi kerak. Shundan "Ctrl" + "Enter"
tugmachalarini bosish kerak yoki kursorni harakatlantiruvchi tugmachalar bilan "OK" yozuvini 
ajratish va "Enter" tugmachasini bosish kerak. Norton Commander shundan so‘ng izlashni
boshlaydi. 
Izlash jarayonida Norton Commander fayllarning nomlarini ekranga chiqaradi. Bunda siz 
quyidagilarni bajara olasiz: 
• bu fayllarning istalganini "

" "

" tugmachalari bilan uning nomini ro‘yxatdan ajratib olib 
(hatto agar izlash ham tugamagan bo‘lsa ham), "

" va "

" tugmachalar bilan "View" yozuvini 
ajratib va "Enter" tugmachasini bosib, ko‘rib chiqishingiz mumkin. Ammo File Find dasturidan 
farqlanib, Norton Commander izlashni ko‘rib chiqish bilan parallel olib bormaydi; 
• "

" va "

" tugmachalari bilan uning nomini ro‘yxatdan ajratib "

" va "

" tugmachalari 


Opratsion tizimlari 
52 
bilan esa "ChDIR" yozuvini ajratib va Enter tugmachasini bosib, topilgan fayl bilan katalogga 
o‘ta olasiz; 
• "Change Drive" yozuvini ajratib va "Enter" tugmachasini bosib joriy diskni o‘zgartira 
olasiz. Norton Commander disklar nomlarining ro‘yxatini chiqaradi va siz kerakli diskning harfi 
bor tugmachasini bosishingiz kerak bo‘ladi; 
• "N" tugmachasini bosib izlashni yangi parametrlar bilan takrorlashingiz mumkin
• "Esc" tugmachasini bosib tez izlash rejimidan chiqishingiz mumkin. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin