Opratsion tizimlari
51
"include sub directories" rejimi ishga tushirilgan bo‘lsa (yozuvning chap tarafida turgan bo‘lsa),
unda Norton Commander o‘chirib tashlashni tasdiqlash haqidagi oddiy so‘rovni chiqaradi va
javob ijobiy bo‘lganida katalogni unga kiruvchi hamma kataloglar
hamda ostki kataloglarni
qo‘shgan holda bor budi bilan birga o‘chirib tashlaydi. Bunda alohida e’tiborli bo‘ling, chunki
ma’lumotlar katalogdan yanglishib chiqarib tashlaganda, ularni katalogga qaytadan tiklash juda
mushkul bo‘lishi mumkin.
Agar "Include sub directories" o‘chirilgan bo‘lsa, unda Norton Commander katalogni, agar u
bo‘sh bo‘lsa, o‘chirib tashlaydi.
Diskdan faylni izlash. Joriy diskning hamma kataloglaridan faylni tez izlash uchun "Alt" +
"F7" tugmachalarini bosish va "File Name" yozuvining o‘ng tomonida siz yozmoqchi bo‘lgan
faylning nomini terish kerak. Faylning nomida * va ? simvollarini ishlatish mumkin. Keyin "
"
tugmachasini bosish bilan kursorni "Containing" yozuvining o‘ngidagi qatoriga ko‘chirish va u
yerga siz ko‘rsatgan fayllarda bo‘lishi kerak bo‘lgan simvollar qo‘shilmasini kiritish mumkin.
Agar siz simvollar qatorini izlash haqida buyruq berishni istamasangiz, so‘rovdan so‘ng
"Containing" yozuvining o‘ng tarafi bo‘sh bo‘lishi kerak. Shundan "Ctrl" + "Enter"
tugmachalarini bosish kerak yoki kursorni harakatlantiruvchi tugmachalar bilan "OK"
yozuvini
ajratish va "Enter" tugmachasini bosish kerak. Norton Commander shundan so‘ng izlashni
boshlaydi.
Izlash jarayonida Norton Commander fayllarning nomlarini ekranga chiqaradi.
Bunda siz
quyidagilarni bajara olasiz:
• bu fayllarning istalganini "
" "
" tugmachalari bilan uning nomini ro‘yxatdan ajratib olib
(hatto agar izlash ham tugamagan bo‘lsa ham), "
" va "
" tugmachalar bilan "View" yozuvini
ajratib va "Enter" tugmachasini bosib, ko‘rib chiqishingiz mumkin. Ammo File Find dasturidan
farqlanib, Norton Commander izlashni ko‘rib chiqish bilan parallel olib bormaydi;
• "
" va "
" tugmachalari bilan uning nomini ro‘yxatdan ajratib "
" va "
" tugmachalari
Opratsion tizimlari
52
bilan esa "ChDIR" yozuvini ajratib
va Enter tugmachasini bosib, topilgan fayl bilan katalogga
o‘ta olasiz;
• "Change Drive" yozuvini ajratib va "Enter" tugmachasini bosib joriy diskni o‘zgartira
olasiz. Norton Commander disklar nomlarining ro‘yxatini chiqaradi va siz kerakli diskning harfi
bor tugmachasini bosishingiz kerak bo‘ladi;
• "N" tugmachasini bosib izlashni yangi parametrlar bilan
takrorlashingiz mumkin;
• "Esc" tugmachasini bosib tez izlash rejimidan chiqishingiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: