Simvollarning qatorini izlash quyidagi tugmachalar yordamida amalga oshiriladi:
"F7" - hujjatda simvollar qatorini kursorning joriy pozitsiyasidan hujjatning oxirigacha
izlash. Zarur qatorni so‘rovning javobiga kiritish lozim;
"Shift" + "F7" - hujjatda simvollar qatorini kursorning joriy holatidan hujjatni
boshlanishigacha izlash. Zarur qatorni so‘rovning javobiga kiritish lozim.
"Alt" + "F7" - simvollarning o‘sha qatorini izlashni takrorlash.
Simvollar qatorini izlash va almashtirish quyidagi tugmachalar yordamida amalga
oshiriladi:
"F4" - simvollar qatorini kursorning joriy pozitsiyasidan hujjatning oxirigacha izlash va uni
simvollarning boshqa qatoriga almashtirish. Almashtirilmagan va uning o‘rniga qo‘yilayotgan
qatorlarni so‘rovlar hamda javoblariga kiritish kerak;
"Alt" + "F4" - izlash va qatorlar almashishini takrorlash;
"Shift" + "F3" - matnning ajratilgan bloklari (qismlari)ni bekor qilish;
"F5" - matn blokining nusxasini kursorning oldidagi pozitsiyaga tushirish;
"F6" - matnning blokini kursorning oldidagi joyga ko‘chirish;
"F8" - matn blokini chiqarib tashlash;
"Alt" + "F10" - matn blokini faylga qo‘shish.
Tahrir qilish rejimidan chiqish. Tahrir qilish rejimidan chiqish uchun quyidagi tugmacha-
lardan foydalanish mumkin:
"F10" yoki "Esc" - tahrir qilish rejimidan chiqish;
"Shift" + "F10" - tahrir qilingan faylni saqlab qolish va tahrir qilish rejimidan chiqish.
Agar siz "F10" yoki "Shift" tugmachasini bossangiz, faylda diskda saqlab qolinmagan
o‘zgarishlar bo‘lsa, ekranga diskda faylni saqlab qolish kerakmi, degan so‘rov paydo bo‘ladi.
"
", "
" tugmachalari yordamida zarur javobni tanlab olish, keyin esa "Enter" tugmachasini
bosish kerak bo‘ladi. Tanlangan javoblar quyidagi ma’noga ega bo‘ladi: Save - tahrir qilingan
fayl saqlab qolinsin va tahrir qilish rejimidan chiqilsin; Dont save - tahrir qilingan faylni saqlab
qolmay, tahrir qilish rejimidan chiqish; Continue editing - tahrir qilish rejimidan chiqilmasin.