Opratsion tizimlari
50
siz boshqa katalogga fayl, katalog yoki fayllar yoxud kataloglar guruhini jo‘natishingiz mumkin.
Jo‘natish nusxa ko‘chirishdan faqat shu bilan farqlanadiki, jo‘natish (o‘tkazish) muvafaqqiyatli
tugallangach, boshlang‘ich fayllar (yoki kataloglar) o‘chirib tashlanadi. Norton Commanderda
jo‘natish (o‘tkazish) xuddi nusxa olishdek amalga oshiriladi, faqat bunda "F5" o‘rniga "F6" tug-
machasini bosish kerak bo‘ladi.
Fayl va kataloglarni o‘
chirib tashlash
Fayllar va kataloglarni o‘chirib tashlash uchun Norton Commander yordamida zarur fayl yo-
ki katalogni ajratib olish yoki fayllar yoxud kataloglar guruhini tanlab olish va "F8"
tugmachasini bosish kerak. Bunda Norton Commander quyidagi ob’ektlarni o‘chirib tashlaydi:
• agar panelda qandaydir fayllar yoki kataloglar tanlangan bo‘lsa (ular rangli displeyda sariq
rangda va monoxrom displeyda kuchaytirilgan yorug‘likda tasvirlanadi), unda fayllar va
kataloglarning tanlangan guruhi chiqarib tashlanadi;
• aks hollarda joriy (kursor ajratib ko‘rsatgan) fayl yoki katalog o‘chirib tashlanadi.
Norton Commander so‘rov chiqarib, sizdan qaysi harakatlarni bajarishni istashingizni
so‘raydi. Siz istalgan rejimni misol keltirishingiz mumkin. Ular esa har xil vazifalarni bajaradi.
Masalan, "Include sub direktories" rejimi kataloglarni o‘chirib tashlashda ishlatiladi: u ulangan
(yoqilgan) paytda kataloglar ularga kiruvchi fayllar va ostki kataloglarning hammasi bilan birga
to‘liq o‘chirib tashlanadi. Agar bu rejim o‘chirilgan bo‘lsa, kataloglar olib tashlanadi. Fayllar
yoki kataloglarni olib tashlash uchun "D" tugmachasini bosish kerak (yoki "Delete" yozuvini
ajratish va "Enter" tugmachasini bosish kerak).
Dostları ilə paylaş: