Faylning tashqi simvollarni o‘zgartirish. Norton Commander kursor ko‘rsatgan fayl yoki fayllarning ajratilgan guruhining belgilari
(atributlari)ni o‘zgartirish imkonini beradi. Belgilarni almashtirish uchun "F9", "F", "A" tug-
machalarini bosish kerak. Shundan so‘ng quyidagi fayllarning tashqi belgilarini o‘zgartirish
mumkin:
• agar panelda qandaydir fayl tanlangan bo‘lsa (ular rangli displeyda sariq rang bilan,
monoxrom displeyda esa kuchaytirilgan yoruqlik bilan tasvirlanadilar), unda fayllarning
tanlangan guruhida tashqi belgilar o‘zgaradi;
• aksincha bo‘lganida, joriy fayl (kursor tomonidan aj-ratilgani)ning tashqi belgilari
o‘zgaradi.
Bitta faylning tashqi belgilari o‘zgarganida ekranda faylning joriy tashqi belgilari haqida
xabar chiqariladi. O‘rnatilgan tashqi belgilar "x" belgisi bilan belgilanadi ("Real only" - faqat
o‘qish uchun, "Archive"- fayl arxivlashtirilmagan, "Hidden" - yashirilgan fayl, "System" - tizimli
fayl). Faylning tashqi belgilarini o‘zgartirish uchun "
" va "
" tugmachalari yordamida kerakli
tashqi belgilarni ko‘rsatish hamda "bo‘sh joy" tugmachasini bosish mumkin. So‘ngra "
" va "
"
tugmachalari yordamida "Set" yoki "Cancel" ("Set" - faylining tashqi belgilari o‘zgartirilsin) yozu-
vlardan birini ajratib olish va keyin "Enter" tugmachasini bosish kerak.
Bir nechta faylning tashqi belgilari (atributlari) o‘zgartirilganida so‘rov shakli boshqacha
bo‘ladi. Kursorni "
" va "
" tugmachalari yordamida o‘zgartirilayotgan tashqi belgining
nomidan chapga o‘rnatib, "
" va "
" tugmachalari yordamida kerakli ustunni tanlang
("Set" - tashqi belgini o‘rnatish, "Clear" - atributni bekor qilish) va "bo‘sh joy" tugmachasini
bosing. Tanlangan kvadratda "Perexod na drugoy disk" - boshqa diskka o‘tish yozuvi paydo
bo‘ladi.