Operatsion tizimlar «Informatika va Axborot texnologiyalari»


Ma’lumotlarni uzatish tezligi



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/61
tarix01.06.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#60316
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61
Hhjg

Ma’lumotlarni uzatish tezligi. Kompyuterlar ketma-ket joylashgan portlar orqali
ulanganida fayllarni bir kompyuterdan ikkinchisiga ko‘chirib yozish jarayoni disketadan
foydalanib ko‘chirilganidan ko‘ra 2-3 marta tezroq o‘tadi. Parallel ulangan portlar orqali 
ko‘chirilganida esa jarayon tezligi 10-20 martaga oshadi. 
Kompyuterlarni bir-biridan uzish. o‘zaro ulangan kompyuterlarni bir-biridan uzish uchun 
bosh kompyuterda yana "F9", "L" yoki "R" keyin "K" tugmachalarini bosish kerak. Norton 
Commander Close Commander Link (kompyuter aloqalari tugatilsinmi?) so‘rovini chiqaradi. 
Unga javoban "Enter" tugmachasini bosish kerak. Aloqani bo‘ysunuvchi kompyuterda ham, 
Ctrl+Break tugmachasini bosib tugatish ham mumkin. 
Eslatma (mulohaza). Ulanuvchi har ikkala kompyuterda ham Norton Commanderning
aynan bir xil versiyasi bo‘lishi lozim. Masalan, 3.0 versiyasi 4.0 versiyasi bilan ulanmaydi. 
Norton Commanderni boshqa kompyuterga jo‘natish. 
Faraz qilingki, sizga fayllarni bir kompyuterdan ikkinchisiga ko‘chirib yozish kerak, ammo 
ulardan birida Norton Commander yo‘q. Odatda, Norton Commanderni disketalar orqali ham 
ko‘chirib yozish mumkin, ammo bu har vaqt ham yaxshi chiqavermaydi (masalan, agar bir
kompyuter uch dyuymli disketalar bilan ishlasa, boshqasi 5 dyuymlilari bilan ishlaydi, ikkala
tipli disketali kompyuterlar esa yaqin atrofda yo‘q bo‘lsa, shunday holat ro‘y berishi mumkin). 
Norton Commander 4.0 agar kompyuterlar ketma-ket joylashgan portlar orqali ulangan bo‘lsa, 
o‘zini-o‘zi boshqa kompyuterga jo‘natish (ko‘chirish) imkoniyati mavjud. 


Opratsion tizimlari 
55 
Norton Commanderni boshqa kompyuterga jo‘natish (o‘tkazish, ko‘chirish) uchun: 
a) kompyuterlarni bir-biri bilan nol modemli kabel yoki bir juft sim bilan ulash (buni
kompyuterlar yoqilib turgan paytda qilish lozim); 
b) boshlang‘ich kompyuterda Norton Commanderda turib "F9+L” yoki "R" va undan so‘ng 
"K" tugmachalarini bosish; 
s) ekranga chiqarilgan so‘rovda joriy kompyuter u orqali ulangan portni ko‘rsatish, "Master" 
rejimini tanlash, "Slave" yozuvini ajratish va "Enter" tugmachasini bosish; 
d) chiqarilgan so‘rovda "bo‘sh joy" tugmachasini bosib turib, qabul qiluvchi kompyuter qay-
si port orqali ulanishini tanlash; 
e) DOS taklifiga javoban qabul qiluvchi kompyuterga boshlang‘ich kompyuterga chiqarilgan 
so‘rovda ko‘rsatilgan buyruqlarni kiritish; 
f) boshlang‘ich kompyuterda "Ctrl+Enter" tugmachasini bosish mumkin. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin