Foydalanuvchining menyusi - foydalanuvchi "F2" tugmachasini bosganida (yuqorida
aytilganiga qarang) kiritiladigan buyruqlar ro‘yxatini tahrir qiladi.
Kengaytmasi bo‘yicha muharrirlash - foydalanuvchi ajratilgan faylning nomini
kengaytmasiga qarab "Enter" tugmachasini bosganida (Norton Commanderga harakat beradigan
NC.EXE) faylni tahrir qiladi.
Menyuning "opsiyalar" bandi. Menyuning "opsiyalar" bandi Norton Commanderning konfiguratsiyasini va ish rejimini
belgilash va fayllarni tahrir qilishda qaysi muharrir ishlatilishini ko‘rsatish imkonini beradi.
Yoqilgan rejimlar chapda ٧ bilan belgilangan. Rejimni belgilash va bekor qilish uchun uni kur-
sorni harakatlantiruvchi tugmachalar bilan ajratish va "Enter" tugmachasini bosish kerak. "Op-
tions" bandiga mos keluvchi ostki menyu quyidagi bandlardan iborat:
Konfiguratsiya - Norton Commander konfiguratsiyasini belgilash (quyiga qarang).
Muharrir - "F4" ("Edit") tugmachasini bosilganida chiqariladigan muharrirni ko‘rsatish.
Format konfiguratsiyasi - fayllar va kataloglardan nusxa olish (Copy), ularni jo‘natish
(Move) va o‘chirib tashlash (Delete), kataloglarni barcha ostki kataloglar bilan o‘chirib tashlash
va Norton Commanderdan chiqish (Exit)ni tasdiqlashga so‘rov chiqarishni belgilash yoki bekor
qilish.
Arxivlash - fayllarni arxivga joylashtirayotganda sukut saqlash bo‘yicha (Automatically Se-
lect best method) maksimal arxivlash darajasi bilan (Create smallest fill) yoki eng tez arxivlash
bilan qabul qilinayotgan hujjatlarni arxivlash usulini tanlash, shuningdek, arxiv fayllari bilan ish-
lashda parolni so‘rashni belgilash yoki bekor qilish (Confirm with password).
Avtomenyu - Norton Commander ishga tushirilayotganda ekranga foydalanuvchi menyusi
chiqadi, foydalanuvchi menyusining ("F2" tugmachasini bosib kiritiladigan) buyruqlarini bajarib
bo‘lingach, ekranga yana foydalanuvchining menyusi chiqadi. Bu rejimda foydalanuvchining
menyusidan chiqish uchun "F10" yoki "Esc" tugmachasini bosish kerak.