COMPACT- NTFS bo‘limdagi ixchamlangan fayllarni ko‘rish va o‘zgartish
CONVERT- FAT tomli disklarni NTFS ga o‘zgartirish. Faol diskni o‘zgartirshni bajarish mumkin emas.
FINDSTR- Faylda satrni izlash
Diskdan foydalanishda diskka tom belgisi qo’yiladi. Buning uchun buyruqdan so‘ng qurilma nomi va belgi ko‘rsatilishi kerak. Masalan:
label a: Muhammad 1
Berilgan belgi nomi 11 ta harf yoki belgidan oshmasligi kerak. Diskda qanday belgi qo‘yilganligini ekranda ko‘rish uchun vol buyrug‘idan foydalaniladi, ya’ni:
vol a: Fayllar nusxalarini saqlash (arxivlash) Fayllarni nusxalari qattik diskning BACKUP katalogida, diskning esa o‘zagida hosil qilinadi.
BACKUB buyrug‘i copy, xcopy buyruqlaridan shu bilan farq qiladiki, bu buyruq bilan yaratilgan fayllar nusxalari qayta tiklanmaguncha ulardan foydalanib bo‘lmaydi. BACKUB buyrug‘ida foydalanish mumkin bo‘lgan kalitlar:
/s - katalogni va undagi barcha qism kataloglarning fayllari nusxalarini saqlash;
/a - yangi fayllar nusxalarini saqlab qo‘yilgan nusxalariga qo‘shish. Kalit ko‘rsatilmasa, avvalgi nusxalar o‘chiriladi.
/m -oxirgi backup buyrug‘idan so‘ng o‘zgartirilgan fayllarning nusxalarini saqlash;
/t:03:29:57 - ko‘rsatilgan vaqtdan keyingi hosil qilingan yoki o‘zgartirilgan fayllar nusxalarini saqlash;
/f - nusxalar saqlanadigan diskni formatlash.
Masalan, a: diskning ABMSHR katalogidagi va qism kataloglaridagi kengaytmasi .txt bo‘lgan fayllarni nusxalarini c: qattiq diskda saqlash buyrug‘i:
backup a:g‘ABMSHRg‘*.txt c: buyruq bajarilgach s: qattik diskda backup katalogi va bu katalogda backup.001 va control.001 fayllari hosil bo‘ladi.
Birinchi backup.001 faylida barcha fayllarni nusxalari mujassamlangan, control.001faylida esa, fayllarning yo‘llari haqidagi axborotlar saqlanadi.
Yo‘qolgan fayllarni tiklash uchun restore buyrug‘idan foydalaniladi. U quyidagi kalitlar yordamida beriladi: