Operatsion tizimlar



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə35/69
tarix18.12.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#184112
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69
Operatsion tizimlar

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Print
C:\>qu *.txt  buyrug‘i mazkur katalogdagi barcha qo‘shimcha .txt nomli fayllarni qayta tiklash uchun qo‘llaniladi, bu holda barcha fayllar nomining bosh harflari so‘raladi.
Bexosdan o‘chirilgan faylni qayta tiklashda ekranda quyidagi savol paydo bo‘ladi: Do you wish guick — unerase this file (Y/N)?
(Bu faylni tiklashni siz xohlaysizmi Y/N))? Agar faylni tiklash zarurati bo‘lsa, “Y”ha, aks holda, “N”yo‘q javobini berish lozim.
Faylni chop qilish. Faylni qog‘ozga chop qilish uchun Print buyrug‘i ishlatiladi. Masalan, C:\>print nti.txt  buyrug‘i bajarilish natijasida nti.txt fayli chop qilish qurilmasiga chiqariladi.
2.MS DOS OT da papkalar bilan ishlash.
Katalog tushunchasi, uning nomi. Magnit disklarida fayl nomlari katalogda saqlanadi. Katalog fayl nomlari, uning hajmi, tashkil etilgan sanasi va boshqa xossalari haqida ma’lumotlarni saqlaydi. Kataloglar ham fayllar kabi nomlanadi, lekin uning kengaytmasi bo‘lmaydi. Diskda bir nechta katalog bo‘lishi mumkin. Katalog ichida boshqa kataloglar joylashishi mumkin. Bu holatda tashqi katalog - tub katalog, ichki katalog ost katalog deb ataladi. Foydalanuvchi ishlayotgan katalog joriy katalog sanaladi.

Katalog tashkil qilish(md(make directory) buyrug‘i). Yangi katalog tashkil qilish uchun md buyrug‘idan foydalaniladi.


Masalan: C:\>work>md tiko—buyrug‘i bajarilishi natija­sida, work katalogi ichida tiko katalogi tashkil qilinadi.
3.MS DOS OT da disklar bila ishlash.
Diskdagi fayllarni o‘chirish(del buyrug‘i). Fayl yoki fayllar guruhini o‘chirish uchun del buyrug‘i qo‘llaniladi.
Buyruq formati: del fayl nomi.
Masalan, C:\>del *.* C diskdagi barcha fayllarni o‘chirish uchun;
C:\>del *.doc  C diskdagi barcha .doc kengaytmali fayllarni o‘chirish uchun;
c:\>del nti.bas  buyrug‘i nti.bas faylini o‘chirish uchun xizmat qiladi.
Diskni formatlash(format buyrug‘i). Disklarni birinchi martaba ishlatishdan oldin u bilan DOS tizimi uchun muloqotga imkoniyat yaratilishi lozim. Buning uchun diskni formatlash kerak bo‘ladi.
Buyruq formati: format disk nomi: [ parametrlar]
A diskni formatlash uchun quyidagi buyruq beriladi: C:\>format A:
Mabodo, diskga qandaydir ma’lumotlar yozilgan bo‘lsa, u format buyrug‘i berilishi bilan o‘chiriladi. Buyruq berilgandan keyin ekranda quyidagi so‘rov paydo bo‘ladi.
Insert new diskette to drive x: and strike enter when ready(disketni qo‘ying va [Enter] tugmachasini bosing).
Agar disk yaroqsiz bo‘lsa, u holda Track 0 bad — disk unusable (0-yo‘l yaroqsiz, diskdan foydalanish mumkin emas) xabar paydo bo‘ladi.
Disk formatlangandan keyin yana quyidagi so‘rov paydo bo‘ladi: format another (Y/N)? {yana formatlash kerakmi (Y-ha, N-yo‘q)?}
Foydalanuvchi esa, o‘z navbatida kerakli ma’lumotni berishi lozim.
8 - Mavzu

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin