12 - Mavzu Xizmatlar.Xizmatlar bilan ishlash. Reja.
1.Acronis Disk Director bilan ishlash.
2.Aida64 Dasturidan foydalanish.
Acronis Disk Director 11 Home bilan ishlash. Disklar bilan ishlovchi bir nechta dasturlar mavjud.Biz ulardan bir Acronis Disk Director 11 Home bilan tanishamiz.Buning uchun biz ushbu dasturni o’z kompyuterimizga o’rnatamiz va uni ishga tushiramiz.
Dasturni ishga tushirganimizdan so’ng quydagi oyna hosil bo’ladi.
Bu oynadan ko’rinib turibdiki bu yerda bizda mavjud bo’lgan disklar ro’yhatini ko’rishimiz va ular bilan ishlashimiz mumkin. Ixtiyoriy biron bir diskni belgilasak bu oynada o’zgarishlar ro’y beradi. Ya’ni quyidagicha:
Oynaning chap tomonidagi bandlar orqali biz disklar bilan ishlashimiz mumkin.Shu bandlar bilan tanishib o’tamiz:
Изменит’ размер тома (diskimizning hajmini o’zgartirishimiz mumkin);
Объеденит’ том (ikki diskni hajmlarini birlashtirish);
Разделит’ том (bitta diskni hajmini ikkiga bo’lib 2 ta disk hosil qilish);
Biz ushbu bandlardan birini bajarishimiz mumkin. Buning uchun biz biron bir diskni belgilashimiz va shu disk ustida shu amallardan birini bajarishimiz mumkin. Biz E diskni belgilab Разделит’ том ni bosamiz. So’ngra quyidagi oyna hosil bo’ladi.
Bu oynada diskimizning hajmi (Максимум), qoluvchi hajm (Исходный размер тома) va yangi yaratilayotgan diskimizning hajmi (Новый размер тома) haqida ma’lumot beradi. Biz ularni o’zgartirishimiz mumkin. O’zgartirib chiqqanimizdan so’ng OK tugmasi bosiladi. So’ng quydagi holat yuzaga keladi.
Biz hali bu ishni yakunlaganimiz yo’q. Buni yakunlash uchun Применит’ ожидаюшие операции ni bosamiz. So’ng kompyuter Перезагрузка bo’lib ishga tushadi va disklarimiz ro’yhati ortadi.
Qolgan bandlar ham shu tarzda amalga oshiriladi. Biz birdaniga bir nechta amallarni bajarishimiz mumkin. Buning uchun barcha operatsiyalarni tayyorlab olib so’ngra Применит’ ожидаюшие операции bosishimiz maqsadga muvofiq.