Bu registrlar 8 ta ikki bitli maydonlardan iborat bo’lib, ular TAG0...TAG7 gacha nomlanadi. Har bir maydon registrda o’z nomiga tegishli ketma-ketlikda joylahshadi. (1-rasm).
Misol, agar soprotsessorning barcha registrlari bo’lsa, keyinchalik registrlar stekiga haqiqiy nolga teng bo’lmagan kattalik kiritilganda, registrning qiymati 3FFFh ga teng bo’ladi
FPU teg registrlari: ichki registrlar.
TW teglari FPU registrlar stekidagi barcha registrlarni izohlaydi. Teglarning kattaligi R0-R7 fizik registrlarga to’la mos keladi. SW holat registrlaridagi Top maydoni ST(0)…ST(7) stek registrlaridagi moslashuvni aniqlaydi va nazorat qiladi. Dasturiy tahrirlagichlar tegdagi ma’lumotlarni registrlarni tarkibini aniqlash, undagi axborotlarni kompleks tahlil qilish uchun foydalanadi. Tegdagi axborotni o’qish uchun u xotiraga FSTENV/ FNSTENV yoki FSAVE/FNSAVE buyruqlari orqali yozilishi kerak. Tegdagi ma’lumotlarni yuklash uchun FLDENV yoki FRSTOR buyruqlari ishlatiladi. Intel387, Intel486, Pentium … protsessorlari tegdagi qiymatlarni ikki turdagi tiplarga bo’ladi: band bo’lgan (00, 01 va 10 kattaliklar) hamda band bo’lmagan (11 qiymat). Band bo’lmagan registrlar jarayonda registrlardagi ma’lumotlarni tekshiradi, teglardagini emas. FSTENV va FSAVE buyruqlari band bo’lmagan registrlarni tekshiradi va xotiraga yozilishi uchun teglarga aniq kattaliklarni yozadi. Intel287 va 8087 soprotsessorlarida FLDENV yoki FRSTOR buyruqlari orqali so’z yuklanganda teglardagi asosiy kattaliklar tekshirilmaydi. Bu holatda soprotsessor keyingi jarayonlar vaqtida aniq registrlardagi ma’lumotlarga murojaat qilmaydi. Faqat tegdagi ma’lumotlarga murojaat qiladi. Bu registrlardagi o’zgarishlarni aniqlashga yordam beradi.
Shuning uchun dasturiy ta’minot ma’lumotlar tegiga so’z kiritilayotgan vaqtda funksional to’g’ri ishlamasligi mumkin. Registrlardagi ma’lumotlarga har xillik uchraydi.