Operatsion tizimlar


Windows operatsion tizimining foydalanuvchi interfeysi



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə13/14
tarix30.09.2023
ölçüsü3,31 Mb.
#150981
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Asqaraliyev Islomjon 4-Xisobot

2.1 Windows operatsion tizimining foydalanuvchi interfeysi
OT interfeysi asosiy elementlari
Boshlanishiga Windows deb atalmish chiroyli binoning asosiy elementar bo‘laklarini sanab o‘tamiz. Ekranning asosiy qismini “Rabochiy stol” (ish stoli) egallagan. Metafora (o’xshashlik) tushunarli: chiroyli rasmlar bilan bezatilgan makonda biz ish qurollarimiz - xujjatlar, papkalar va kerakli dastur belgilarini va h.k ni joylashtiramiz. Biz ularni – xuddi ofis stolida ruchka, skrepka va turli ish qurollari bo‘lgani kabi joylashtiramiz.

Ishchi stol
Ish stolining quyi qismida yarim shaffof lenta – masalalar panelini (panel zadach) ko‘ramiz. Bu yerda eng zarur va kerakli dastur belgilari joylashgandir. Bu panelda ba’zi belgilar oldindan mavjud, qolganlarini o‘zimiz o‘rganamiz. (Ixtiyoriy belgini sichqoncha yordamida bu panelga o‘tkazish mumkin). Masalalar paneli chap burchagida “Pusk” tugmasi joylashgan. Uning yordamida siz kompyuterga o‘rnatilgan hamma dasturlar ro’yxati va sozlashning asosiy quroliga murojat qilishingiz mumkin.
O’ng burchakda yana bitta panel joylashgan, bu tizimli panel deb ataladi. Bu erda ham ishga tushirilgan dasturlar belgilariga ko‘rsatkichlar aks ettirilgan bo‘lib, farq shundaki, ular sizning kompyuteringizda oson rejimda doimo ishlab turadi.

Masalalar paneli

Tizimli panel


2.2 Windowsda yangi foydalanuvchi qo’shish va o’zgartirish
Bugun so'z yurutadigan mavzuyimiz Windows OT imida yangi foydalanuvchi qo'shishni eng sodda usulini ko'rib chiqamiz. Buning uchun biz klaviaturaning Windows Logo + R tugmasini birgalikda bosamiz va bizga doimgidek «Выполнить» oynasi ochiladi.



2.1-rasm.

«Выполнить» oynasi. So'ng «Открыть:» qismiga «control» deb yozamiz va «OK» tugmasini bosamiz.

2.2-rasm.


Bizda ochilgan oyna boshqaruv paneli (Панель управления) hisoblanadi. Bu bizning eng kerakli oynamiz hisoblanadi .



2.3-rasm.
Endi biz «Учетные записи и Семейная безопасность» bo'limiga kiramiz.



2.4-rasm.


Bu yerdan biz «Учетные записи пользователей» ni tanlaymiz.

2.5-rasm.
Bu oynamiz foydalanuvchilarni qo'shuvchi, o'chiruvchi, huquqlarini belgilovchi va shu kabi vazifalarni bajaruvchi oyna hisoblanadi. Bu yerdan biz «Управление другой учетной записью» bo'limiga kiramiz.



2.6-rasm.

Bu oyna orqali foydalanuvchilar soni, ularning huquqlari va himoyalanganligini ko'rishimiz mumkin. Lekin biz «Добавить нового пользователя в окне» bo'limiga kiramiz.

2.7-rasm.


Bizda foydalanuvchi qo'shuvchi oyna ochildi. + ya'ni «Добавление учетной записи» tanlaymiz

Endi quyidagi amallarni bajaramiz

Bizda ikki xil foydalanuvchi qo'shish usuli mavjud:
1. Bunda agar sizda Microsoft kompaniyasiga tegishli saytdan ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz o'z «account» ingizni qo'shishingiz mumkin (bu keng qamrovli hisoblanadi);
2. Bu useulda esa Windows OT mining o'zidagina foydalanuvchi yaratiladi.
Biz 2-usuldan foydalanamiz.

Bu oyna bizga foydalanuvchi qo'shishning ikki xil usuli mavjudligi va uning vazifalari haqida tushuncha beradi. Biz «Локальная учетная запись» tanlaymiz.



2.8-rasm.


Foydalanuvchi qo'shuvchi quyidagi qatorlardan tashkil topgan:

1. Foydalanuvchi ismi;
2. Foydalanuvchi uchun parol (istasangiz parol qo'ymasligingiz mumkin);
3. Parolni tasdiqlash uchun qayta terish;
4. Parolni sizning xotirangizdan chiqqan vaqtda eslatuvchi kalit so'z.

2.9-rasm.


«Далее» tugmasini bosamiz.



2.10-rasm.


«Готово» tugmasini bosamiz.



2.11-rasm.


Mana bizning yangi foydalanuvchi.



2.12-rasm.


Agar bu foydalanuvchi o'chirmoqchi bo'lsangiz, foydalanuvchi ustiga sichqonchani o'ng tugmasini bosamiz va bizda «Удалить» tugmasi paydo bo'ladi. Shu tugmani bosamiz.



2.13-rasm

Bizga ogohlantiruvchi oyna ochiladi va buni «Удалить учетную запись и данные» tugmasini bosib tasqidlaymiz.

2.14-rasm.

Bizning foydalanuvchi o'chirib yuborildi.
ESLATMA, bugun ko'rib chiqqan mavzuyimiz Windows OT imining 8.1 versiyasiga tegishli bo'lib, Windows OT imining boshqa versiyalaridan farqlanishi mumkin (Windows 10 dan tashqari).


XULOSA
Ushbu kurs ishi orqali shuni bilib olishimiz mumkinki, AKT butun dunyoda, ayniqsa bizning yurtimizda eng ilg’or rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda davlatimizda AKTni rivojlantirish maqsadida ko’plab ishlar olib borilmoqda va ushbu ishlarni davlat xizmatlari: tibbiyot markazlari va dorixonalarni raqamlashtirilayotgani misolida ko’rsak bo’ladi. Bundan tashqari, davlatimiz nafaqat davlat xizmatlari, balki davlatimiz tibbiyot sohasida ham allaqachon raqamlashtirish ishlarini boshlab yuborgan. Albatta, bu jarayonda eng muhim omillardan biri bo’lgan yosh, aqlli, kreativ va IT ni yaxshi tushunadigan kadrlar suvdek va havodek zarurdir.
Kompyuterning operatsion tizmini va uni qo’llashni bilish bizning yurtimizga kompyuter tizmini rivojlantirishga va raqamli dunyoga kirib kelishimizga katta yordam beraiva texnikani chunmaydigan insonlarni kamaytiradi. Shuningdek qaysidir ma’noda yurtimizda texnalogiyalarga bo‘lgan munosabatni ham belgilab beradi.
O’rganilgan bilimlar barcha sohalarni rivojlanishi hamda kompyuter foydalanuvchilariga qulaylik yaratishga yordam beradi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin