O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JIZZAX FILIALI
AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI
« AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI » kafedrasi
“OPERATSION TIZIMLAR” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Windowsda yangi Пользователь (Foydalanuvchi) ochish va o`zgartirish usullarini ko`rsatish.
Bajardi: “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari ” ta’lim yoʻnalishi 3-kurs 111-20- guruh talabasi Asqaraliyev Islomjon Inom o’g’li.
Ilmiy rahbar: Ergashev S.B.
Jizzax – 2023
REJA:
Kirish ___________________________________________________________3
I.BOB. Operatsion tizimlar haqida umumiy ma’lumot va tushuncha
Operatsion tizim to’g’risida tushuncha_____________________________6
Windows operatsion tizimining umumiy ta’rifi ______________________8
Dasturiy ta’minot tarkibi ______________________________________10
Аmаliy dаsturiy tа’minоt _______________________________________13
Operatsion tizim tarkibi ________________________________________17
II. BOB. Windowsda yangi Ползователь (Foydalanuvchi) ochish va o’zgartirish
2.1. Windows operatsion tizimining foydalanuvchi interfeysi ________________18
2.2. Windowsda yangi foydalanuvchi qo’shish va o’zgartirish________________19
III. BOB. Xulosa___________________________________________________27
Foydalanilgan adabiyotlar ____________________________________________38
KIRISH.
Bugun zamon shiddati axborot texnologiyalari sohasida, ayniqsa, ko‘proq ko‘zga tashlanmoqda. Bugun chiqarilgan smartfon ko‘p o‘tmay “eskiryapti”, o‘rniga modernizatsiyalangan yangisi chiqarilmoqda. U yanada takomillashtirilgan dasturlari va imkoniyatlari bilan avvalgisidan o‘zib ketmoqda. So‘nggi ikki yuz yildan ko‘proq vaqt davomida dunyo uchta sanoat inqilobini boshdan o'tkazdi. Birinchi sanoat inqilobi davrida fabrikalar tashkil etildi. Bug‘ dvigatellari, undan so'ng poyezdlar kashf etildi. Ikkinchi sanoat inqilobi bundan-da tezroq kechdi: insoniyatga telegraf, avtomobilni tuhfa etdi, elektro-energetika va neft-kimyo singari ishlab chiqarish sohalari rivojiga yo‘l ochdi. Uchinchisi kompyuter, mikroprotsessor, uyali aloqa vositasi, internet, ijtimoiy tarmoqlar yuzaga kelishiga va rivojiga yo‘l ochdi.
Zamonaviy texnologiyalar barcha sohalarga tatbiq etilib, har qanday biznesning asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Yirik korporatsiyalar zamon talabiga moslashish uchun IT-kompaniyalarga aylanib boryapti. Barcha sohalarda robotlardan, sun‘iy intellekt imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda, haydovchisiz avtomobillar, poyezdlar, qayiqlar sinovdan o‘tkazilmoqda. Bularning barchasi to'rtinchi sanoat inqilobi fonida yuzaga kelayotgani e‘tiborga molik. Odatiy dasturchilar, tizim ma‘muri, Web-dizayner, iOS-dasturchisi, 3D-animator, kompyuter grafikasi rassomi kabi IT sohasi mutaxassislari qatorida yangilari paydo bo'lishi kutilmoqda. Neyrointerfeyslar loyihachisi, tarmoq yuristi, raqamli tilshunos singarilar shular jumlasidan. Bu esa, o‘z navbatida, zamon talab va ehtiyojlariga mos kadrlarni tayyorlashni ham taqozo qiladi.Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ilmiy tadqiqotlar, IT texnologiyalar, startap g‘oyalar, kompyuter savodxonligiga juda katta e‘tibor berilmoqda. Chunki bugungi tezkor zamonda faqatgina ilm-fan yutuqlari va yangi texnologiyalar orqali iqtisodiy o‘sishga erishish mumkin. Shu bois, mazkur soha rivojiga e‘tibor kuchayib boraveradi. Qolaversa, IT juda serdaromad sohalardan sanaladi. Dell Technologies, IBM, Cisco Systems, Accenture, Oracle, Fujitsu singari dunyoga mashhur IT kompaniyalar axborot texnologiyalari eksportidan yiliga milliardlab foyda ko‘radi. Birgina Dell Technologies kompaniyasining o'tgan yilgi daromadi 92 milliard dollarni tashkil etdi.
IT texnologiyalarning insoniyat uchun naqadar ahamiyatli.Axborot texnologiyalari taraqqiy etavergani sayin unga barcha sohalarda ehtiyoj ortib bormoqda, aholiga qulaylik yaratib, ularning turmush tarzi va farovonligini yaxshilanish imkonini bermoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda axborot texnologiyalari rivojiga alohida e‘tibor qaratilmoqda.
2019-yilda Toshkentda dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki — IT Park hamda viloyatlarda uning filiallari ochilgani so‘zimiz tasdig‘i bo‘la oladi. Bu startap loyihalarni amalga oshirish, yoshlarni dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishga keng jalb qilish, qobiliyatli yoshlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda yuritilayotgan raqamli iqtisodiyot siyosati zamirida ham yangi texnologiyalarni rivojlantirish maqsadi ko‘zda tutilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy yetish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, raqamli iqtisodiyot bilan shug‘ullanadigan yaxlit tizim yaratildi. “Elektron hukumat”, iqtisodiyot tarmoqlari va qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, IT parklarini tashkil yetish va boshqarish kabi vazifalar to‘liq Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi vakolatiga o‘tdi.
Dostları ilə paylaş: |