Maxalliylik (lokallilik) Ma'lum bo‘lishicha, bu usulda boshqarishni tashkil etish xotira satxlariga kirishni va aloqa chastotasini kamaytiradi.
Bu yerda muxim rolni,chegaralangan vakt davomida,xotira adreslarining kichik bulagi bilan ishlash xossasi uynaydi.Bu empirik jixatdan kuzatiladigan xossa lokallilik prinsipi yeki murojaatlarni lokallashtirish deyiladi.
Protsessor keshi, qurilmalarning bir qismi xisoblanadi, shuning uchun OTning hotira menejeri, asosan ma'lumotlarni kompyuterning asosiy va ichki hotira qismiga taqsimlash bilan shug‘ullanadi. Bazi sxemalarda tezkor va ichki hotira o‘rtasidagi oqimni dasturchi boshqaradi. Ammo bu bog‘lanish dasturchi vaqtini yo‘qotadi, shu sababli bu ishni OT ga yuklashga harakat qilinadi.
Fizik xotirada malumotlarni real joylashishini kursatuvchi.asosiy xotiradagi adreslar- fizik adreslar deb ataladi.Dastur ishlaydigan fizik adreslar to‘plami, fizik adreslar maydoni deb ataladi.
Mantiqiy(logik) hotira. Xotirani, yacheykalar chiziqli to’plami ko’rinishida apparat tashkil etish, dasturchining dastur va ma’lumotlar saqlanishi ko’rinishi xaqidagi tassavuri bilan mos kelmaydi. Ko’pgina dasturlar bir-biriga bogliq bo’lmagan holda yaratilgan modullardan tashkil topgan.
Ba’zan jarayon tarkibiga kiruvchi hamma modullar hotirada ketma-ket joylashadi va chiziqli adreslar maydonini tashkil qiladi. Biroq ko‘pincha modullar hotiraning turli joylarida joylashtiriladi va turlicha foydalaniladi.
Hotirani bosharish sxemasida, foydalanuvchining bunday tassavuriga mos keladigan ma'lumot va dasturlarni saqlash, segmentatsiya deyiladi. Segment-hotiraning aniq ko‘rsatilagan qismi bo‘lib, uing ichki qismida chiziqli adreslarni qo‘llab quvvatlaydi. Segment protsedura, massiv, stek yoki skalyar miqdorlardan tashkil topgan bo’ladi, lekin odatda aralash tipdagi ma'lumotlardan iborat bo’lmaydi.
Boshida segmentlar. dastur kodi fragmentlarini (matn redaktori, trigonometrik kutubxona va x.k.) jarayonlar bilan umumlashtirish zaruriyatidan kelib chiqqan bo’lishi kerak, chunki ularsiz har bir jarayon uzining adres makonida ma’lumotlarning yana bir nusxasini saqlashiga to’gri kelar edi. Xotiraning, tizim bir nechta jarayonning ma’lumotlarini aks ettiradigan alohida qismlari bo’lib ular segmentlar deb nom oldi.
Xotira shunday qilib, chiziqli ko’rinishdan ikki ulchamli ko’rinishga keldi. Adres ikki komponentdan iborat bo’lib, ular: segment nomeri va segment ichidagi joylashgan o’rnidir. Keyinchalik, jarayonning turli komponentalarini (dastur kodi, ma’lumotlar, stek va x.k.) turli segmentlarda joylashtirish qulay bo’lib qoldi. Yana shu narsa aniq bo’lib qoldiki, anik segment ishini, unga segmentda saqlanadigan ma’lumotlar ustida bajarilishi ruxsat berilgan. Operatsiyalar ,masalan, murojaat xuquqi va operatsiyalar tipi kabi atributlar qiymatini berib, nazorat qilish mumkin bo’lib qoldi.