Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish



Yüklə 90 Kb.
səhifə6/6
tarix20.12.2022
ölçüsü90 Kb.
#76860
1   2   3   4   5   6
Operatsion tizimlarda xotirani boshqarish

Mantiqiy adres


Fizik adress
8.5 rasm. Xotirani saxifali tashkil etishda mantiqiy va fizik adreslarning bog‘lanishi.

Sahifalar jadvali (page table) protsessorning maxsus registida manzillashtiriladi va kadrlar nomerini mantiqiy adres bo‘yicha aniqlashga yordam beradi. Bu asosiy masaladan tashqari saxifalar jadvali qatorida yozilgan atributlar yordamidai aniq saxifaga murojaat nazorati va uni ximoyasini tashkil etish mumkin.




Segmentli va segment - sahifali xotira.
Xotiralarni boshqarishni Yana ikkita sxemasi mavjud: segmentli va segment - sahifali. Segmentlar sahifalardan farqli ravishda o‘zgaruvchi o‘lchamga ega bo‘lishadi. Xotirani segmentli tashkil etishda virtual adres ,dasturchi uchun xam ,operatsion tizim uchun xam ikki o‘lchamli bo‘ladi va ikki maydondan: segment tartib raqami va segment ichidagi joy raqamidan iborat bo‘ladi.
Aytib o‘tish lozimki, tasvirlash qulay bo‘lishi uchun OT yordamida chiziqli adres ikki o‘lchamlilikka keltirilgan saxifali tashkil etishdan farqli ravishda,bu yerda adres ikki o‘lchamliligi foydalanuvchini jaranni baytlarning chiziqli massivi ko‘rinishida emas,balki o‘zgaruvchi uzunlikdagi segmentlar to‘plami ko‘rishida tassavur qilish natijasidir. (ma'lumot, kod, stek,…).
Quyi bosqichdagi dasturlash tillarida dastur tuzuvchi dasturchilar segmentli struktura haqida bilishlari lozim. Bunda segment registralarini o‘zgartirishga olib keladi. Mantiqiy manzillar maydoni - segmentlar yig‘indisi. Har bir segment ismga, o‘lchamga va boshqa parametrlarga ega. Dasturchi bitta manzil beradigan sahifalarning nomeriga bo‘linadigan sahifali sxemalardan farqli ravishda segmentli strukturada manzil ikkita o‘lchamdan iborat bo‘ladi.: segment nomi va joy o‘zgarishi.
Har bir segment - 0 dan boshlanadigan manzillarning to‘g‘ri chiziqli ketma-ketligidir. Segmentning maksimal razmeri protsessorning razryadi bilan aniqlandi. (bunda 32 razyadda manzillashda 232 bayt yoki 4 Gb). Segment manzili dinamik ravishda o‘zgarishi mumkin(masalan stek segmenti). Segmentlar jadvalining elementida segment boshlanishi fizik manzilidan tashqari odatda segment uzunligi xam beriladi.


Nazorat savollari:
1. Kompyuter fizik xotirasi qanday strukturaga ega.
2. Mantiqiy xotira va segmentlash tushunchasi.
3. Xotirani boshqarish tushunchasi.
4. Qat'iy belgilangan bo‘limli sxemani ayting.
5. Overleyli strutura va dinamik taqsiqlash.
6. Xotirani sahifali, segmentli va segment -sahifali tashkil etish.
7. Virtual xotira tushunchasi.
Yüklə 90 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin