Oriental Journal of Education
ISSN: 2181-2764
www.supportscience.uz/index.php/oje
119
KIRISH
Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston
Respublikasining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida maktabgacha ta’lim
tizimini qayta ko‘rib chiqish va uni yanada takomillashtirish vazifalari belgilab berildi. Hozirgi
vaqtda ta’lim tizimida,jumladan, birinchi bosqich maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va
ularga rahbarlik qilish yo‘nalishida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
islohotlarning samarali olib borilishini ta’minlash va chuqur tahlil qilish zarurati yuzaga kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “Tanqidiy tahlil,
qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi
kerak” deb aytganlar. O‘tgan davr mobaynida sog’lom va har tomonlama rivojlangan o‘sib
kelayotgan avlodning shakllanishini ta’minlashga qaratilgan samarali maktabgacha ta’lim
tizimini
tashkil qilish bo‘yicha kompleks tashkiliy- huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Maktabgacha
ta’limni boshqarishning zamonaviy
mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o‘quv jarayonini
takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yuqori malakali mutaxasisslar bilan to‘ldirish,
ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash maqsadida qator vazifalar amalga
oshirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: