Oriental Journal of Education ISSN: 2181-2764 www.supportscience.uz/index.php/oje
121 tizimni yuritishda marketing yoki tashkiliy usullarning joriy qilinishi, yangi ish o‘rinlarini tashkil
etishni yoki tashqi aloqalarni o‘rnatilishini o‘zida mujassamlashtirgan faoliyatning yakuniy natijasi
sifatida tushuniladi.
Innovatsion menejment quyidagi funksiyalarni bajaradi. Bular: Maktabgacha ta’lim tashkilotida
innovatsion menejment maqsadlarini belgilash, ijtimoiy funksiya, tashkiliy funksiya, motivatsiyani
boshqarish funksiyasi, moliyaviy hisob va nazorat funksiyalari. Innovatsion menejmentning quyidagi
usullari mavjud: innovatsiyalarni rejalashtirishni tartibga solish, vaziyatni tahlil qilish (vaziyatni,
xodimlarni vahokazo), rejalashtirish, moslashtirish, nizolarni boshqarish, kreativ menejment.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining kompetentli rahbari nafaqat boshqaruv faoliyatga tayyor
bo‘lgan shaxs, balki jamoada ishlay oladigan, mustaqil qarorlar qabul qila oladigan, tashabbus
ko‘rsatadigan, innovatsion makonda ishlayoladigan, malakali menejer bo‘lishi lozim. Shu munosabat
bilan maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi
pedagogik menejment, nazariy va amaliy faoliyat sohalarida maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega
bo‘lish juda muhim hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
“Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har
tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash,
bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish
imkoniyatlarini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish” kabi
muhim vazifalar belgilangan.