Optik rezonatorlar



Yüklə 1,79 Mb.
səhifə3/8
tarix21.12.2022
ölçüsü1,79 Mb.
#77003
1   2   3   4   5   6   7   8
Optik rezonatorlar (2)

Optik rezonator.

Lazerning faol muhit, rezonator va qo‟zg‟ouvchi qurilmadan tuzilgan uch asosiy qismi bo‟ladi.
Rezonator lazer nurlanishiga aniq yo‟nalish beradi. Sodda rezonatorlar bir optik o‟qqa ma‟lum L masofada bir-biriga qaratib pedpendikulyar joylashtirilgan ikki yassi parallel ko‟zgu yoki sferik ko‟zgudan iboart bo‟ladi. Ko‟zgula orasiga faol muhit (kristall, kyuvetadagi gaz yoki suyuqlik) joylashtiriladi. Ko‟zgulardan biri nuralnishni to‟la qaytaruvchi ikkinchisi esa yarim shaffof o‟olda tayyorlanadi.
Rezonatorning optik o‟qiga burchak ostida yo‟nalagn nurlar faol muhit (kristall yoki kyuveta) yon tomonidan tashqariga chiqib ketadi.
Rezonatorning o‟qi bo‟ylab yo‟nalgan fotonlar ko‟zgulardan qaytib ular orasida ko‟p marta harakatlanadi. Ular L masofani har bir o‟tishda faol muhitda majburiy nurlanish (ikkilamchi ) fotonni keltirib chiqaradi. Ko‟p marta o‟tishda ko‟payib boruvchi ikkilamchi fotonlar quyunini hosil qiladilar. Optik o‟q yo‟nalishida xarakatlanayotgan majburiy nurlanish fotonlari quyuni ma‟lum quvvatga erishgach yarimshaffof ko‟zgu orqali katta intensivlikdagi aniq yo‟nalishga ega yorug‟lik dastasi ko‟rinishida rezonatordan tashqariga chiqadi.
Demak, rezonator kuchaytirilayotgan foton oqimini optik o‟q bo‟ylab yo‟naltiiradi va lazer nurlanishini hosil qiladi (20 – rasm).
O‟ta yuqori chastoatli diapazonda qo‟llanilidagan hajmiy rezonatorlardan farqli bo‟lgan optik rezonatorlar ochiq rezonatorlar deyiladi. Ko‟zga ko‟rinuvchi yorug‟lik to‟lqin uzunligi
(4 7)107m oralig‟ida bo‟lib, uning chastotasi v  (7.5  4.3)1014Gs diapazonida bo‟ladi. Lekin o‟lchamlari to‟lqin uzunligiga ((4 7)107m) teng chiziqli hajmiy rezonatorlardan foydalanish (ularning hajmi kichikligi va devorlarida energiya yutilish kuchliligidan) noqulaydir. O‟lchamlari to‟lqin uzunligidan katta bo‟lgan hajmiy rezonatorlarda
(kuzatilayotgan chastotaga yaqin ko‟p sondagi xususiy chastotalar qo‟zg‟otilgani sababli) rezonans xossasi to‟la yo‟qotiladi. Agar hajmiy rezonatorlarni yon tomonlari olib tashlansa, xususiy chastotalar kuchli yutilib, hosil bo‟lgan ochiq optik rezonatorning halaqit beruvchi spektridan halos bo‟linadi.



Yüklə 1,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin