Optik tola turlari va standartlari, optik tolaning geometrik parametrlarini aniqlash


Yorug‘likning optik tola bo‘ylab tarqalish qonuniyatlari



Yüklə 432,02 Kb.
səhifə5/5
tarix13.10.2022
ölçüsü432,02 Kb.
#65080
1   2   3   4   5
Yorug‘likning optik tola bo‘ylab tarqalish qonuniyatlari,
yorug‘likning sinish jarayoni

Optika qonuniyatlari yorug‘lik nurining bir jinsli muhitda to‘g‘ri chiziq bo‘yicha tarqalishiga, tola muhiti bilan o‘zaro ta’sirlashuviga va tolaning xossalariga, ya’ni uning barcha yo‘nalishlarda bir xil xususiyatga ega ekanligiga asoslangan. Bu qonuniyatlarga yorug‘likning qaytish/sinish qonunlari va ularga asoslangan hodisalar kiradi.


Yorug‘lik bir muhitdan boshqasiga o‘tganida uning tarqalish tezligi o‘zgaradi. To‘lqin nazariyasi nuqtai nazaridan bu harakat yo‘nalishining o‘zgarishiga olib keladi. Bu hodisa – yorug‘likning to‘g‘ri yo‘nalishdan og‘ishi sinish deb ataladi.
Sinish hodisasini prizmaga tushgan yorug‘lik nuri misolida ko‘rib chiqamiz (2.6-rasm).



Sinish


Sinish



Qizil



To’q qizil



Sariq

Yashil



Xavo rang



Binafsha rang

1.8-rasm. Prizmada yorug‘likning

2.6-rasm. Prizmada yorug‘ likning sinishi

Prizmaga oq yorug‘lik tushirilganda, prizma bu yorug‘likni sindiradi va kamalakning turli ranglariga ajratadi. Qizil rang eng kuchli og‘adi va kichik tarqalish tezligiga ega. Sinish prizma kirishida bo‘lganidek, uning chiqishida ham xosil bo‘ladi.


Optik toladan signallarning uzatilish jarayonida ham yuqorida ko‘rib chiqilgan sinish hodisasi ro‘y beradi. Bu haqida quyida batafsilroq to‘xtalamiz.

Yorug‘likning to‘liq ichki qaytishi
Yorug‘lik nuri sindirish ko‘rsatkichi kichik muhitdan sindirish ko‘rsatkichi katta muhitga o‘tganida, ikki muhit chegarasida og‘adi va muayyan shart bajarilganida ikki muhit chegarasidan to‘liq qaytadi. Bu hodisa yorug‘likning to‘liq ichki qaytishi (TIQ) hodisasi deb ataladi. TIQ hodisasi optik signallarning yorug‘lik uzatgichi bo‘ylab tarqalishining fizik asosi hisoblanadi. Uni amalga oshirish uchun optik tola o‘zagining sindirish ko‘rsatkichi n1 qobiqning sindirish ko‘rsatkichi n2 dan katta bo‘lishi kerak.
O‘zak va qobiq tayyorlanadigan materiallarning sindirish ko‘rsatkichlari nisbatini maqbul tarzda tanlash orqali yorug‘lik nurining qobiq va o‘zak chegarasidan to‘liq ichki qaytishiga erishiladi va nurning faqat optik tola o‘zagi bo‘ylab zigzaksimon ko‘rinishida tarqalishi ta’minlanadi.
Masalan, sindirish ko‘rsatkichlari optik tola uchun xos bo‘lgan n1=1,48, n2=1,46 qiymatlariga ega bo‘lsin. U holda yorug‘lik nurining to‘liq ichki qaytishiga mos kelgan kritik tushish burchagini quyidagi munosabat bilan aniqlash mumkin:

Өkr = arc sin (1,46 / 1,48) = arc sin (0,9864) = 80,60.


Sindirish ko‘rsatkichlari shunday nisbatga ega, kritik tushish burchagi Өkr=80,60 ga teng yoki undan katta, masalan Ө2=810 bo‘lganida nur ikkinchi muhitga o‘tmay, boshlang‘ich muhitga to‘liq ichki qaytadi. Yorug‘lik signallarining optik tola bo‘ylab tarqalishi ana shu prinsipga asoslangan. 2.7-rasmda optik signallarning sindirish ko‘rsatkichlari va tushish burchagi ana shunday qiymatlarga ega bo‘lgan optik tola bo‘ylab tarqalish jarayonlari ko‘rsatilgan.





3

3



2



Ө2=810

Ө1=810

1



Өkr=80,60

2.7-rasm. Optik tolada to‘liq ichki qaytish jarayoni.


Chizmadan ko‘rinadiki, kritik burchakdan katta (Ө > Өkr) burchak ostida o‘zak-qobiq chegarasiga tushgan nurlar (nur 1) chegaradan to‘liq ichki qaytadi. Tushish va sinish burchaklari o‘zaro teng Ө1 = Ө2 bo‘lgani uchun, 1-nur takroriy qaytishlarga uchrab, o‘zak muhiti bo‘ylab zigzaksimon traektoriya bo‘yicha tarqaladi.


Ideal holda yorug‘likning sochilishi va nolinchi dispersiya bo‘lmaganda 1-nur o‘zak bo‘ylab istalgan masofaga tarqalishi mumkin.
Bu nur yo‘nalgan nur (moda) deyiladi.
2-nur Өkr burchak ostida tushib, sinadi va o‘zak-qobiq chegarasi bo‘ylab tarqaladi.
Ө < Өkr ostida tushgan 3-nur esa, sinadi va uning bir qismi qobiq chegarasiga tushib, qobiq bo‘ylab tarqalishida so‘nadi yoki qobiqdan tashqariga chiqib ketadi. Ular nurlanuvchi nurlar deyiladi.

Yüklə 432,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin