Optoelektron asbob qanday asbobligini tushuntiring va u qayerlarda qo‘llaniladi?
1)Bitta p-n o‘tishga ega bo‘lgan fotoelektr asbob fotodiod deb ataladi. Fotodiod sxemaga tashqi elektr manba bilan (fotodiod rejimi) va tashqi elektr manbasiz (fotovoltaik rejim) ulanishi mumkin. Tashqi elektr manba shunday ulanadiki, bunda p-n o‘tish teskari yo‘nalishda siljigan bo’lsin. Fotodiodga yorug‘lik tushmaganda dioddan berilgan kuchlanishga bog‘liq bo'lmagan ekstraksiya toki deb ataluvchi, juda kichik qiymatga ega qorong‘ulik toki oqib o‘tadi. Diodning n - baza sohasi taqiqlangan zona kengligidan katta hv energiyaga ega bo‘lgan fotonlar bilan yoritilganda elektron - kovak juftliklar generatsiyalanadi. Agar hosil bo’lgan juftliklar bilan p-n o‘tish orasidagi masofa zaryad tashuvchilarning diffuziya uzunligidan kichik bo‘lsa, generatsiyalangan kovaklar p-n o‘tish maydoni yordamida ekstraksiyalanadi va teskari tok qiymati uning qorong‘ulikdagi qiymatiga nisbatan ortadi. Yorug'lik oqimi F intensivligi ortishi bilan diodning teskari toki qiymati ortib boradi. Yorug‘lik oqimining turli qiymatlari uchun fotodiod VAXi 2.1 - rasmda keltirilgan. Yoritilganlikning keng chegarasida fototok bilan yorug‘lik oqimi orasidagi bog‘lanish amalda chiziqli bo‘ladi.
2)Proporsionallik koeffitsiyenti bir necha mA/lm ni tashkil etadi va fotodiodning sezgirligi deb ataladi. Fotodiodlar turli o'lchash qurilmalarida hamda optik tolali aloqa liniyalarida yorug‘lik oqimini qabul qiluvchilar sifatida ishlatiladi.
3)Fotodiodning fotodiod rejimidan tashqari fotovoltaik rejimi keng ishlatiladi. Ushbu rejimda fotodiod tashqi elektr manba ulanmagan holda ishlatiladi va yorug‘lik (quyosh) energiyasini bevosita elektr energiyaga o‘zgartirish uchun qo'llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |