Nurlanuvchi diodlarning energetik xarakteristikasi sifatida kvant chiqishi (samaradorlik) dan foydalaniladi. Kvant chiqishi boshqaruv zanjiridan o’tayotgan har bir elektronga nurlanuvchi diod chiqishida nechta nurlanish kvanti to‘g'ri kelishini ko'rsatadi. Gomoo’tishli nurlanuvchi diodlar uchun odatda kvant chiqishi 0,01-0,04 ni tashkil etadi. Geteroo‘tishli nurlanuvchi diodlar hosil qilish uchun binar va uch komponentali yarimo‘tkazgich birikmalardan foydalaniladi, ular uchun kvant chiqishi ancha yuqori qiymatni (0,3 gacha) tashkil etadi, lekin hamma vaqt birdan kichik bo‘ladi. VAXlari, oddiy diodlarnikidek, eksponensial bog‘lanish bilan ifodalanadi. Nurlanuvchi diodning qayta ulanish vaqti ni tashkil etadi.
Fotodiod va nurlanuvchi diod optoelektronikaning asosiy yarimo‘tkazgich asboblaridir. Optoelektronika - elektronikaning bo‘limi bo‘lib, axborotlarni qabul qilish, uzatish va qayta ishlashda yorug‘lik signallar elektr signallarga va aksincha, o‘zgartirilishini ta’minlovchi elektron qurilmalarni ishlab chiqish, yaratish va amaliy qo‘llash bilan shug‘ullanadi.