4.DONNING TEXNOLOGIK XOSSALARI Tegirmon va yorma zavodlarida donning texnologik xossalari quyidagi asosiy ko’rsatkichlar bilan aniqlanadi: tayyor maxsulotning chiqishi; tayyor mahsulotning sifat ko’rsatkichlari; solishtirma ekspluatatsion xarajatlar, yani tayyor mahsulot massasi birligini ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar.
Un ishlab chiqarishda qo’shimcha donni maydalashda hosil bo’ladigan oraliq mahsulotlarning chiqishi va kulchanlik ko’rsatkichlari ham qo’llanadi.
Donning texnologik xossalari o’zgarib turadi. Bunga donninng strukturali-mexanik, fiziko-kimyoviy, biokimyoviy va fizik-issiklik xossalari va uning anatomik qismlari tasir ko’rsatadi. Donni qayta ishlashga tayyorlashda donning texnologik xossalarini o’zgartirgan holda optimal darajaga keltiriladi. Buning uchun texnolog donni tayyorlash jarayonining ratsional rejimlarini tanlaydi. Natijada donning texnologik xossalarini parametrlari bir xil bo’ladi va don optimal rejimda qayta ishlanadi. Donning boshlang’ich texnologik xossalari ko’rsatkichlarini har xil bo’lishiga qaramasdan ishlab chiqarish jarayonida ularni yuqori samaradorlikda qayta ishlanishi taminlanishi shart
Donning texnologik xossalarini tayyor mahsulotning chiqishi va sifati ob’ektiv baholaydi. Bu ko’rsatkichlar har xil omillar ta’sirida ancha o’zgaradi. Bu omillarga quyidagilar kiradi: donning yirikligi, donning to’laligi, endospermning (mag’izning) nisbiy miqdori, namlik va boshqalar.
Yirik donda mag’izi ko’proq, qobig’i yupqa va kamroq bo’ladi. Mayda donda aksincha, shuning uchun mayda don tarkibida kletchatka, gemitsellyuloza, kulchanlik va oqsil miqdori ko’proq bo’ladi. Un tortishda mayda dondan un kam va sifati past chiqadi. Yirik donning qobiqlari engil ajraladi, un va oraliq mahsulotlar ko’proq chiqadi
Birinchi don partiyasida javdar donini mayda fraktsiyasidan un tortishda unning chiqishini kamayishi va kulchanlikni ko’payishi sezilarli darajada bo’lyapti. Ikkinchi don partiyasida unning chiqishi o’zgarmay, unning kulchanligi juda tez oshyapti. Ikkala don partiyasida ham mayda don fraktsiyasining unboplik xossalarini sezilarli darajada yomonlashgani kuzatilmoqda. Buni texnologik ko’rsatkich qiymatlarining pasayishi ko’rsatib turibdi.