Darsning uslubi: Savol-javob, “Sinkveyn” metodi, “Zanjir” usuli
Darsning jihozi: Darslik, ko’rgazmalilik, multimediya ilovasi” Baliqchilar”, “Biz yosh tashkilotchimiz” o’yini
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: Salomlashish
Navbatchining axboroti
O’quvchilarni darsga tayyorlash parta qatorlari asosida guruhlarga ajratish.
1-guruh: Yulduzcha
Shiori: “Biz kichik yulduzchalar” bilimga shay
qushchalar.
2-guruh: “Obi-hayot”
Shiori: “Suv bor joyda bordir hayot, uni teja, ehtiyot
qil”
3-guruh: “Ona-zamin”
Shiori: “Tabiat yerimizdir, asramoq barchamizdir”.
O’qituvchi: Darsimiz nima?
O’quvchi: Darsimiz o’qish darsi.
O’qituvchi: 3-sinf O’qish kitobining mualliflari
kimlar?
O’quvchi: 3-sinf o’qish kitobi mualliflari M. Umarova,
X. Hamroqulova, R. Tojiboyeva.
O’qituvchi: 3-sinf o’qish kitobi necha bo’limdan iborat?
O’quvchilar: 3-sinf O’qsh kitobi 13 ta bo’limdan iborat.
O’qituvchi: O’tgan darsimizda qaysi mavzu bilan
tanishganmiz.
O’quvchilar: O’tgan darsimizda Shuhratning “Qor” she’rini
o’tganmiz.
O’quvchilar har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib she’rni ifodali yoddan aytishadi. Har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqib she’rni yoddan ifodali qilib aytib bo’lishgach hamma o’quvchilar birgalikda o’rta ovozda she’rni aytadilar. So’ngra “Sinkveyn” metodidan foydalanib “Qor” so’ziga ismdor so’zlar ta’riflanadi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlab olingach dekabr oyi “Milliy g’oya turkumidagi fanlar” oyligiga doir “Vatan” so’zini tarmoqlash usulidan foydalanib ifoda etiladi.
Sinf doskasiga sana va mavzu yoziladi.
Dostları ilə paylaş: |