o‘rin tutgani sababli uning faoliyati butun dunyo amaliyotida qo‘llaniladigan Ustav
va mazkur mamlakatda bank sohasida amal qilayotgan qonun bilan tartibga
solinadi. Markaziy bank o‘z faoliyati jarayonida boshqa banklarga o‘xshab foyda
olishni maqsad qilib qo‘ymagan. Shuning uchun ham, u moliya bozorlarida tijorat
Markaziy bankning vazifalari
•
Monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni
shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish.
•
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitobning samarali tizimini tashkil etish va
ta’minlash.
•
Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, ularga kredit berish.
•
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta rezervlarini, shu jumladan,
kelishuv bo‘yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish.
•
Davlat byudjetining kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etish.
•
Rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, pul emissiyasini amalga oshirish.
•
Bank faoliyati bilan shug‘ullanishga litsenziya (ruxsatnoma) berish.
Hukumatning moliyaviy agenti vazifasini bajarish.
•
Hisobga olish, hisobot berish, hisob-kitob, ssuda va valyuta operatsiyalarini
amalga oshirishning yagona qoidalari va me’yorlarini belgilash
•
Tashqi iqtisodiy faoliyat operatsiyalarini amalga oshirishi va h.k. banklari va
boshqa kredit muassasalari bilan raqobat kurashini olib bormaydi. Uning bosh
maqsadi mamlakat pul birligining barqarorligini ta’minlashdir. Asosiy maqsadi –
xo‘jaliklarni uzluksiz to‘lov vositalari bilan ta’minlash (ya’ni ularning to‘lov
qobiliyatlarini yetarli darajada bo‘lishiga yordam berish), hisob-kitoblar tizimini
tartibga solish, boshqa banklar faoliyatini nazorat qilishdir.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun Markaziy bank quyidagi tadbirlarni
amalga oshiradi:
– tijorat banklari zaxiralarini saqlaydi;
– banklarga mavsumiy moliyaviy uzilishlarni qoplashga va boshqa qisqa muddatli
ehtiyojlariga kredit beradi;
– mamlakat miqyosida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qiladi;
– boshqa banklar faoliyatini o‘rganadi, tahlil qiladi va nazorat qiladi. Hozirgi
kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida tijorat banklari o‘zlari jalb qilayotgan
resurslarning Markaziy bank tomonidan belgilangan bir qismini Markaziy bankda
saqlaydilar. Bu zaxiralar miqdorining yuqori va past chegaralarini Markaziy bank
belgilaydi. Markaziy bank tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari uchun eng
yuqori pog‘onadagi kredit beruvchi organ hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 124-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini
respublika Markaziy banki boshqaradi”, – deyilgan. Shu sababli u banklarning
banki deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: