O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar


Tijorat banklarining mohiyati va ularning faoliyat ko‘rsatish asoslari ular



Yüklə 13,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/199
tarix30.09.2023
ölçüsü13,91 Mb.
#150571
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   199
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova

Tijorat banklarining mohiyati va ularning faoliyat ko‘rsatish asoslari ular 
faoliyatini tashkil qilishning asosiy tamoyillarida o‘z ifodasini topadi.
1. Tijorat banklarinig kredit resurslarini yaratishda chetdan jalb qilingan resurs-
larga tayanib ishlash tamoyili.


2. Tijorat banklarining haqiqatda mavjud mablag‘lar chegarasida xizmat ko‘rsatish. 
3. Bank faoliyatining to‘la iqtisodiy mustaqilligi.
4. Banklar faoliyatining tijorat tavsifi.
5. Mijozlar manfaatini himoya qilish.
6. Banklarning daromadligi va ular faoliyatining universallashuvi.
Tijorat banklarining jalb qilingan mablag‘lar doirasida kredit resurslarni 
tashkil qilish va ishlash tamoyili bank faoliyatining poydevori hisoblanib, uning 
depozit va omonatlar jalb qilishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, passivlarni jalb 
qilish bo‘yicha raqobat muhitining yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. Undan tashqari 
chetdan jalb qilingan va qo‘yilgan mablag‘lar mutanosibligi banklarda depozitlarni 
jalb etishga qiziqishni kuchaytiradi va bu mablag‘lardan unumli foydalanishga 
asos yaratadi.
Nаzоrаt sаvоllаri:
1.
Bаnk vа bаnk tizimi hаmdа ulаr bаjаrаdigаn vаzifаlаr.
2.
Mаrkаziy bаnk vа uning vazifalari.
3.
Tijоrаt bаnklаri hаmdа ulаrning funksiyalаri. 
17.Mavzu:Bаnk krеditlаri
Reja:
1.Kredit tizimi. Kredit turlari. Kredit tamoyillari. 
2. Kichik biznеs sub’yеktlаrini mikrоkrеditlаsh.
3.Imtiyozli krеdit tushunchаsi.
4.Kichik biznеs vа tаdbirkоrlik fаоliyatini rivоjlаntirishdа bаnklаrning rоli. 
Kredit tizimi. Kredit turlari. Kredit tamoyillari
. Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida kreditning asosiy turi bo‘lib bank krediti, ya’ni tijorat banklari 
tomonidan beriladigan har xil turdagi va ko‘rinishdagi kreditlar hisoblanadi. Kredit 
munosabatlari yuzaga kelishi uchun uning ob’yektlari va sub’yektlari bo‘lishi 
lozim. Bank krediti sohasidagi kredit munosabatlarining sub’yekti bo‘lib xo‘jalik 
sub’yektlari, aholi, davlat va boshqa sub’yektlar hisoblanishi mumkin. Ma’lumki, 
kreditlash jarayonida kredit munosabatlarining sub’yektlari bir tomondan kredit 
beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida qatnashadilar. Kreditorlar 
bo‘lib, o‘zining vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini ma’lum bir muddatga 
qarz oluvchi ixtiyoriga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadilar.

Yüklə 13,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin