O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar


Kreditlar muddati bo‘yicha ikki xil bo‘ladi



Yüklə 13,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/199
tarix30.09.2023
ölçüsü13,91 Mb.
#150571
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   199
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova

Kreditlar muddati bo‘yicha ikki xil bo‘ladi
:
– qisqa muddatli (1-yilgacha, ayrim hollarda 2-yilgacha);
– uzoq muddatli.
Qisqa muddatli kredit korxona va tashkilotlarning aylanma fondlarini 
shakllantirishga xizmat qiladi.
Qisqa muddatli kredit berishda kreditlar bir necha oydan bir yilgacha 
bo‘lgan muddatda beriladi. Bu turdagi kreditlar:
• aylanma kapitalni to‘ldiruvchi; 
• qurilish maqsadida olinadigan “oraliq”;
• qimmatli qog‘ozlar dilerlariga beriladigan;
• chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga beriladigan; 
• o‘z aktivlari hisobidan ta’minlovchi (debitorlik qarzlari, faktoring va 
tovarmoddiy zaxiralari bilan ta’minlangan) kreditlar deb yuritiladi. Uzoq muddatli 
kredit esa moddiy ishlab chiqarish tarmoqlariga kapital mablag‘lar ajratish 
manbayi hisoblanadi. Kreditni kredit riskining u yoki bu guruhiga kiritish tartibi 
qarz oluvchining: – doimiy daromadi borligini; – yoshini; – salomatligini; – ilgari 
olgan majburiyatlarini qanday bajarganligini; – garov (kafolat) ning mavjudligini 
hisobga olgan holda belgilanadi. Kichik biznеs sub’yеktlаrini mikrоkrеditlаsh. 
Imtiyozli krеdit tushun chаsi. Tijorat banklaridan kredit mablag‘lari olish uchun 
qanday hujjatlar taqdim etiladi?
Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar 
uchun:
- Kredit olish uchun ariza;
- Pul oqimlari to‘liq ko‘rsatilgan biznes-reja;


- Soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan oxirgi hisobot sanasiga 
moliyaviy hisobotlar;
- Kredit ta’minoti bilan bog‘liq hujjatlar. 
 Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar 
uchun:
- Kredit olish uchun ariza.
- Pul oqimlari to‘liq ko‘rsatilgan biznes-reja. 
- Kredit ta’minoti bilan bog‘liq hujjatlar.
Shu bilan birgalikda bank tomonidan loyihani to‘liq tahlil qilish uchun lozim 
bo‘ladigan boshqa hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Yüklə 13,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin