O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar



Yüklə 13,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/199
tarix30.09.2023
ölçüsü13,91 Mb.
#150571
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   199
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova

Kredit va uning tamoyillari
Har bir tadbirkor ham o‘z faoliyatini yuritish 
uchun yetarli moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lmasligi mumkin. Yoki korxonani 
kengaytirish, biron-bir loyihani amalga oshirish uchun mablag‘i yetmay qolishi 
mumkin. Bunday hollarda qo‘shimcha mablag‘ topishning keng tarqalgan va 
samarali yo‘li – bank krediti olish hisoblanadi. Kredit berish bir qator tamoyillarga 
asoslanib, uning quyidagicha ifodalash mumkin. 
Kredit tamoyillari:
• Maqsadlilik
• Muddatlilik
• Qaytarilishi
• Ta’minlanganlik 
• To‘lovlilik
Bundan ko‘rinadiki, siz bankdan kredit olishda uni qay maqsadda 
olayotganingizni bildirishingiz lozim. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda 
kredit muddatlari aniqlanadi va kredit to‘lovlari foizlari belgilanadi. Bunda siz 
olingan kredit va u bo‘yicha hisoblangan foizlarni o‘z vaqtida qaytarilishiga 
kafolat berishingiz kerak bo‘ladi. Ko‘pincha ushbu kafolat bank tomonidan 
berilayotgan kredit summasidan ko‘proq qiymatdagi garov ta’minoti orqali taqdim 
etiladi.
Foiz stavkasi
Sizni bank kreditidan foydalanish yoki foydalanmaslik 
to‘g‘risidagi qaroringizga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri – bu kredit bo‘yicha 
hisoblanuvchi foiz stavkasidir.
Foiz stavkasi
– kredit oluvchi tomonidan to‘lanadigan to‘lov miqdorini 
kredit miqdoriga nisbatining foizdagi ifodasi.
Kredit ta’minoti
Kredit ta’minoti – kredit bo‘yicha kelishuvning qarz 
oluvchi tomonidan uni belgilangan muddatda qaytarish imkoniyatini oshiruvchi 
qo‘shimcha sharti. Kredit ta’minoti sifatida garov tariqasidagi mol-mulklar, turli 
tashkilotlarning kafolatlari, uchinchi shaxs kafilligi va boshqalar xizmat qilishi 
mumkin.


Misol uchun, “Ipak yo‘li” AITBda garov ta’minoti sifatida quyidagilar qabul 
qilinishi mumkinligi belgilab berilgan:
1) mol-mulk (ko‘chadigan va ko‘chmas mulk) garovi. Garov shakli 
O‘zbekiston Respublikasi “Garov haqida” va “Ipoteka haqida”gi qonunlariga 
to‘g‘ri keladigan mulk, buyum va mulk huquqi (talabnomalar) shaklida bo‘lishi 
mumkin;
2) tijorat banklari yoki sug‘urta kompaniyalarining kafolati; 
3) uchinchi shaxs kafilligi; 
4) olingan kreditning qaytmasligi riskini bank foydasiga sug‘urtalash haqida 
sug‘urta polisi;
5) zargarlik buyumlari;
6) qonunda ko‘zda tutilgan boshqa ta’minotlar.
Mijozning kredit olish layoqatini baholash. Siz kredit olish maqsadida 
tegishli hujjatlarni bankka taqdim etganingizdan so‘ng bank kredit olish 
layoqatingizni baholab ko‘radi. Chunki mijozga kredit berish mumkinligi va uning 
miqdorini to‘g‘ri aniqlash bank kreditining qaytarilishiga imkon yaratadi. 
Mijozning kredit olish layoqatini baholash har bir bank tomonidan mustaqil 
ravishda ishlab chiqilgan mezonlar va usullar asosida amalga oshiriladi. Qarzga 
mablag‘ (kredit) beruvchi tomon kreditor (davlat, korxona, bank, xususiy shaxs va 
b.), ssuda (qarz) oluvchi tomon esa debitor (qarzdor) deyiladi. Kredit kelishuvi 
qarzdan foydalanish shartlari qayd etilgan shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.

Yüklə 13,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin