O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar


Kredit yig‘ma jildining shakllantirilishi



Yüklə 13,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/199
tarix30.09.2023
ölçüsü13,91 Mb.
#150571
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   199
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova

Kredit yig‘ma jildining shakllantirilishi
Kredit yig‘ma jildi
– tijorat banki hamda mijoz o‘rtasida har qanday kredit 
turini olish uchun tuzilgan shartnoma hamda mijozga tegishli bo‘lgan barcha 
hujjatlar to‘plamiga aytiladi.
Kredit yig‘ma jildida quyidagilar aks etadi:
- Mijozning pasport nusxasi;
- Mijozning STIR raqami;
- Mijoz tomonidan taqdim etilgan biznes reja (kredit turiga qarab);
- Bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnoma nusxasi;
- Bank tomonidan mijozga taqdim etiladigan kreditni qaytarish grafigi;
- Kreditni rasmiylashtirish uchun zaruriy hujjatlar (kredit turiga qarab);
- Kreditni qaytarilmasligini sug‘urtalanganligi to‘g‘risida sug‘urta polisi 
(kredit turiga qarab);
- Kreditni rasmiylashtirish uchun garovga olinadigan mol-mulk yoki 
ko‘chmas mulk hujjatlari (notarial tasdiqlangan holda); 
- Kredit rasmiylashtirishda kafil ishtiroki mavjud bo‘lsa Kafil tomonidan 
taqdim etiladigan zaruriy hujjatlar. Qo‘shimcha shartlar kredit qaytarilishini 
ta‘minlashga, qo‘shimcha garovni yaratishga qaratilgan bo‘ladi. Ular aniq bir 
qarzdorlar uchun qo‘llaniladi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- qarzdorning aniq bir kreditga layoqatlilik darajasiga erishish majburiyati;
- hisob va hisobotning zaruriy holati
- garovga qo‘yilgan mulkning saqlanganligi;
- bank nazorat qoidalariga rioya qilishlik; 
- bank ruxsatisiz korxonani qayta tashkil etishning ta‘qiqlanganligi v.b. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganlarni hisobga olgan holda, kredit shartnomasining 
umumiy sxemasi quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
- shartnoma maqsadi; - bank huquqlari;
- qarz oluvchining huquqlari;
- bank majburiyatlari;
- qarz oluvchining majburiyatlari;
- shartnomaning amal qilish muddati;
- boshqa shartlar;
- tomonlarning yuridik manzili va imzolari.
Shartnoma boshlanishida ishtirokchilarning yuridik shaxs sifatidagi 
rekvizitlari: qarz oluvchi uchun - nomi, hisob-kitob varag‘i raqami; bank uchun esa 


uning nomlanishi, ular tomonidan ish ko‘ruvchi shaxslar mansabi, ismi, familiyasi, 
otasining ismi ko‘rsatiladi. Bu bo‘limda, shuningdek, mijozning huquqiy shaklini: 
u alohida korxonami yoki tashkilotmi (shirkat, korporatsiya) ko‘rsatish kerak. 

Yüklə 13,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin