To‘g‘ri soliqlar to‘g‘ridan to‘g‘ri daromadga va mol mulkka qaratiladi-
soliqqa tortishning bevosita shakli.
Egri soliqlar – tovarning bahosida to‘lanadigan yoki tarifga kiritiladigan
tovarlar va xizmatlardan olinadi- soliqqa tortishning bilvosita shakli. Tovar va
xizmatlarning ularni sotishda soliq summаlarini olib, ularni davlatga o‘tkazadi.
To‘g‘ri soliqlarga tortishda mablag‘larning safarbar qilinishi yangi qiymatni
taqsimlash payitida boshlanadi. Davlat daromad olingan paytdayoq uning bir
qismiga o‘z huquqlarini da’vo qiladi. Soliq to‘lovchining daromadi va uning mol
mulkining qiumati to‘g‘ri soliqlar ob’yekti bo‘ladi. Soliqqa tortishning bu shakli
egri soliqlarga nisbatan birmuncha progressivdir, chunki u soliq to‘lovchining
daromadliligini , oilaviy ahvolini hisobga oladi, soliq daromadni olish bosqichida
undiriladi. Bundan tashqari , to‘g‘ri soliqlarga tortishda soliq to‘lovchi o‘z
solig‘ining summasini aniq biladi. Egri soliqlar bahoga yoki tarifga ustama sifatida
belgilanadigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlardir. Egri soliqlarga
tortishda davlat tovar yoki xizmatlarning sotilishi payitida ushbu qiymatning bir
qismiga o‘z huquqlarini da’vo qilish bilan aslida yangi qiymatning
taqsimlanishining ishtirokchisi bo‘lib qoladi. Egri soliqlar to‘g‘ri soliqlardan farqli
ravishda , to‘lovchining daromadi yoki mol mulki bilan bevosita bogliq bo‘lmaydi.
Tovarlar odatda, shaxsiy iste’mol tovarlari, shuningdek, xizmat ko‘rsatish
sohasining ( sartaroshhonalar, hammomlar, kimyoviy tozalash xizmatlari) pullik
aylanmasi, tomosha ko‘rsatadigan va transport korxonalarining pattalari va shu
kabilar soliqqa tortish ob’yekti bo‘ladi. Egri soliqlarga tortiladigan tovarlar va
xizmatlar soni muntazam kengayib bormoqda. Xaridor – iste’molchi egri
soliqlarning to‘livchisi bo‘ladi. Tovarning sohibi yoki xizmatlar ko‘rsatadigan
shaxs aslida soliqni yig‘uvchi hisoblanadi.