O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash
O‘quv moduli davomida o‘tkazilgan mavzular bo‘yicha o‘quvchilar
tomonidan o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar ichki nazorat bo‘yicha
amaldagi tartib asosida baholanadi. Baholash
usullari yozma, og‘zaki, savol-
javob, test, amaliy topshiriqlardan iborat bo‘lib, ular o‘quv
elementini
o‘zlashtirish natijalarini aniqlashga imkon beradi. Nazorat savollari va
topshiriqlar qo‘yilgan maqsadga hamohang bo‘lishi lozim.
Baholash tizimi:
Joriy baholash mezonlari
A’lo bahoga:
•
bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini,
maqsadi va vazifasini
atroflicha tushungan bo‘lsa;
•
vazifani mustaqil ijodiy yondashib bajara olsa;
•
chizgan xaritalarining mazmunini tushunsa, to‘g‘ri bayon qilib bersa;
•
voqea-hodisalar
tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to‘g‘ri tasvirlasa;
•
ishni belgilangan muddatda va puxta tayyorlab topshirsa.
Yaxshi bahoga:
•
bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini. maqsadi va vazifasini
tushungan bulsa;
•
vazifani mustaqil bajara olsa;
•
chizgan xaritalarining mazmunshsh tushunsa, to‘g‘ri bayon qilib bersa;
•
voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzmay to‘g‘ri tasvirlasa;
•
ishni belgilangan muddatda topshirsa.
O‘rta bahoga:
•
bajargan ishining nazariy va amaliy ahamiyatini,
maqsadi va vazifasi
haqida umumiy tasavvurga ega bo‘lsa;
•
vazifani mustaqil bajara olmay, ayrim yordamga muhtoj bo‘lsa;
•
xaritalarni mazmunan to‘g‘ri chizgan va tushungan, ammo bayonida
qiynalsa;
•
voqea-hodisalar tafsilotlarini, chegaralarini buzib tasvirlasa;
•
ishda ayrim kamchiliklar bo‘lsa va belgilangan muddatda topshirilmasa.
Dostları ilə paylaş: