O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar



Yüklə 13,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/199
tarix30.09.2023
ölçüsü13,91 Mb.
#150571
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   199
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova

 
 
 
8.Mavzu:Tаdbirkоrlik g‘оyasi.Biznеs rеjаning mаzmuni. 
Reja: 
1.Tаdbirkоrlik g‘оyasi, uning tаvsifi, mаzmuni.
2.Tаdbirkоrlik g‘оyasi mаnbаlаri. 
3. Biznеs-rеjаning mоhiyati, mаzmuni. 


Tadbirkorlik g‘oyasi
— bu odam (bir nechta shaxs)ning yoki 
tashkilotning o‘z atrofida (bozorda, ular yashaydigan jamoa) aniqlangan bir 
muammoni original usulda yechish yoki anglangan ehtiyojlarni qondirish 
zaruratiga javob reaksiyasidir. 
Tadbirkorlik g‘oyasi
— bu odamning o‘z oldiga 
qo‘ygan maqsadiga eltuvchi fikrlar jamlanmasidir, ya’ni strategiyani amalga 
oshirishdagi taktik harakatlarning yig‘indisi bo‘lib hisoblanadi. Hayotda har bir 
kishining qandaydir maqsadi bo‘ladi. Insonlar ko‘proq yaxshi yashashni, maqbul 
joylarda ishlashni va badavlat bo‘lishni orzu qilishadi. Maqsadlarga erishishda, 
asosan, boylik ham muhim ahamiyat kasb etganligi bois har bir kishi turli xil 
faoliyat yuritish bilan unga erishishga harakat qiladi. Insonni o‘z maqsadiga 
erishishida eng maqbul yo‘lni tanlay bilishi (o‘qituvchi, muhandis, sotuvchi) ham 
tadbirkorlikning bir ko‘rinishidir. Chunki bu bilan u o‘ziga eng qulay bo‘lgan 
daromad topish yo‘lini izlaydi. Buni insonning hayotda o‘z yo‘lini tanlay bilishi 
bilan bog‘lash mumkin. Shuning uchun tadbirkorlik — bu aynan savdodagi 
faoliyat emas, balki davlatning soliq yukini kamaytirish yo‘li orqali soliq 
to‘lovchilar sonini yanada ko‘paytirishga erishishi, korxona rahbari xodimlar 
holatiga qarab, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishi natijasida samaradorlikni 
oshirishi, «Spark» rusumli avtomashinaning egasi mashinani gazlashtirishi kabilar 
ham o‘z kasb sohasidagi tadbirkorlik shakli bo‘lib hisoblanadi. Inson qaysi sohada 
bo‘lmasin, yaxshi natijaga erishishi uchun, avvalo, unda g‘oya bo‘lishi lozim. 
Yaxshi tadbirkorlik g‘oyasi — bu muvaffaqiyatli korxona tashkil etishning muhim 
tarkibiy qismi, aniqrog‘i, dastlabki bosqichi. Yaxshi tadbirkorlik g‘oyalari, odatda, 
o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Aksincha, ular mashaqqatli mehnat, tinimsiz 
harakatlar va, hattoki, tadbirkor tomonidan g‘oyalarni yaratishda, ochilayotgan 
imkoniyatlarni aniqlash va baholashda ijodkorlik namoyish etilishining natijasidir. 
Har bir ishning asosida g‘oya yotadi. Yaxshi tadbirkorlik g‘oyasi 
muvaffaqiyatli biznes tuzish va keyingi raqobatbardoshlikda juda muhim 
hisoblanadi. Yaxshi g‘oyalarni izlash — tadbirkorning orzulari va ijodiy 
salohiyatini real gullab-yashnaydigan biznesga tatbiq etish yo‘lidagi dastlabki 
qadam. 

Yüklə 13,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin