O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar


Bundan tashqari, biznes-reja tuzib chiqishning ikki asosiy sababi ham



Yüklə 13,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/199
tarix30.09.2023
ölçüsü13,91 Mb.
#150571
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   199
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova

Bundan tashqari, biznes-reja tuzib chiqishning ikki asosiy sababi ham 
mavjud:
• tashqaridagi sarmoyadorlarni, biznesni maqsadga muvofiqligi haqida 
yoki ssuda berishga ishonch hosil qildirish;
• ko‘zlangan maqsadni saqlab qolishga yordam berish, to‘satdan yuzaga kelgan 
holatlarda tanlangan maqsaddan voz kechmaslikni ta’minlash. Bu yana rejada 
belgilangan barcha vazifalarning to‘la bajarilishini ham anglatadi. Biznes-reja 
boshqaruvchiga korxonalarning tanglik holatlarini to‘g‘ri baholash imkonini berib, 
undan olib chiqib ketish yo‘llarini ko‘rsatadi. Bu, o‘z navbatida, boshqaruv 
samaradorligining ortishini xarakterlaydi yoki ta’minlaydi. Biznes-rejaga 
qo‘shimcha ma’lumotlar kelib tushishi va ma’lum tajribaga ega bo‘lish bilan uning 
maqsadi va vazifasi moslanib olinadi. Biznes-rejaning bosh maqsadi — firmaning 
ko‘zlagan 
maqsadiga 
erishishi, 
reja-iqtisod 
bo‘limi 
xodimlariga 
va 
sarmoyadorlarga tanlangan yo‘lning maqsadga muvofiqligini ko‘rsatib berishdir.
Shuningdek, biznes-reja tadbirkorlarning quyidagi savollariga ham javob beradi:
• biznesning joriy holati (Biz qayerda turibmiz?); 
• ko‘zlangan maqsad (Qaysi tomonga harakat qilmoqdamiz?);
• eng qulay yo‘l (Maqsadga qanday erishamiz?). Bundan shuni xulosa qilishimiz 
mumkinki, biznes-rejada hozirgi holatda ko‘zlagan maqsadga erishishning 
samarali yo‘llari ko‘rsatilishi, joriy maqsadlarga erishishi, o‘rta va uzoq 
davrlardagi vazifalari hal etilishi aks ettiriladi. Korxonalar faoliyati tahlili istiqbolli 
(strategik) rejalashtirishning boshlang‘ich bosqichi hisoblanib, korxonalar 
rivojlanishini o‘rganish va biznes-rejalar ishlab chiqishning asosi hisoblanadi. U 
so‘nggi bir necha yillar uchun asosiy yo‘nalishni belgilashda ham foydalanadi. 
Sababi taklif etilayotgan rivojlanishning yo‘nalishlarini sarmoyadorlarga, firma 
xodimlariga tushunarli, aniq va ravshan bo‘lishini isbotlashdir. Ikkinchi bosqichi 
rejalashtirish davri: biznes-rejalarning aniq davomiyligi, tovar ishlab chiqarish va 
biznes xususiyatidan kelib chiqib, har xil bo‘lishi mumkin. Odatda, biznes-rejalar 
ikki-uch yilga tuzilib, birinchi yilning barcha ko‘rsatkichlari oylar bo‘yicha aniq-
ravshan ko‘rsatiladi. Keyingi yillarga umumlashgan istiqbol yo‘nalishlari bo‘yicha 
asosiy topshiriqlar aks ettiriladi. 96 Uchinchi bosqichning asosiylaridan biri 
maqsadga erishish hisoblanadi. Bunda biznes-reja ayrim tovar bozorlaridagi 
firmaning strategik (istiqbolli) faoliyatini ifodalaydi. Biznes-reja tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona (firma)larning kelgusi davriga ishonchli 
asosdir. Chunki biznes-rejalarda barcha biznesga oid moliyaviy hujjatlar, firma 


tarixi, rivojlanish tajribalari va yo‘l qo‘yilgan holatlari ilova qilingan bo‘ladi. 
Yangi tashkil etilayotgan korxona (firma)lar uchun yuqoridagi ilovalar zarur emas. 
Ko‘proq bu yerda reja tuzishni asosi qilib, bozorni o‘rganish natijalarini olishimiz 
mumkin, ya’ni marketing tadqiqotlari natijalari. Bu yerda biz bir necha savollarga 
javob berishimiz kerak. Bu savollar: «Biznes-rejani kim tuzadi?», «Biznes-reja 
qachon kerak bo‘ladi?», «Qanday alohida tomonlari mavjud?» Odatda, biznes-
rejaning sifati, uni kim tomonidan tuzib chiqilishiga bog‘liq bo‘ladi. Xalqimizda 
shunday naql bor: «Nima eksang, shuni o‘rasan». Bu biznes-rejaga taalluqlidir. 
Biznes-rejani kimlar ishlab chiqishi borasida har xil fikrlar yuradi. Ayrimlari 
korxona rahbarining ishi, chunki u bunga mutaxassis va konsultantlar yordamidan 
foydalanish imkoniyatiga ega, deb hisoblaydi. Boshqa bir fikr shundan iboratki, 
biznes-reja tuzishda korxona ishchilarini keng jalb etish mumkin. Agar korxona 
jamoasi o‘zlari mustaqil ishlab chiqsa, «o‘zing tuzdingmi — o‘zing bajar» tamoyili 
asosida ancha oson bo‘ladi. Biznes-rejani tuzishning aniq yo‘llari — bu maqsadni 
aniqlash, rejalashtirish davrini belgilash, rahbar shaxsi, korxona xodimlarining 
ishiga loyiqligini baholash, ularning tajribasiga tayanish, bilimi va boshqalar 
hisoblanadi. Agar siz o‘z ishingizni (loyihangizni) yaxshi bilsangiz, axborot bilan 
to‘la tanishgan bo‘lsangiz, unda sizga «Biznes-reja» tuzib chiqish unchalik 
murakkab emas. Ammo bu jarayonga mutaxassis jalb etish, ular fikrini hisobga 
olish, reja sifatining oshishiga olib keladi. Hozirgi kundagi tajriba shuni 
ko‘rsatadiki, eng to‘g‘ri variant reja tuzishda tadbirkor yoki mutaxassislarning 
maslahatiga keng tayanishdir. Maslahatchilar va tajribali mutaxassislar muammoni 
to‘g‘ri qo‘yish bilan bir qatorda, «Biznes-reja»ga tovar xususiyatini ta’minlab 
beradi. Bundan tashqari, maslahatchilarning biznes-reja ishlab chiqish jarayoniga 
jalb etilishi, mahsulotlar sotish bozorini tanlashda va moliya rejasini ishlab 
chiqishda ham beqiyosdir. Endi, navbat biznes-rejalarning tadbirkorlar uchun 
qachon kerakligidadir. Ko‘pchilik ish yurituvchilar, tadbirkorlar, korxona (firma) 
rahbarlari «Biznes-reja» qachon kerak deyilganda, bankdan ssuda yoki 
sarmoyadordan pul olishda zarur bo‘ladigan hujjat, deb hisoblaydi. Shu sababli 
ayrim qo‘shimcha mablag‘ talab etilmaydigan korxonalar biznes-reja tuzishmaydi. 
Rejalashtirish jarayonini to‘lig‘icha to‘g‘ri tushunmaydi va uning afzalligi, foydasi 
haqida yetarli tasavvurga ham ega bo‘lishmaydi. Bunday qarashlar noto‘g‘ri 
hisoblanadi. Mulk shaklidan qat’i nazar, barcha tadbirkorlik faoliyati uchun biznes-
reja zarurdir.
Biznes-rejalar kimlarni ko‘proq qiziqtiradi? U, asosan, xo‘jalik faoliyati 
yurituvchilar va investitsiya (sarmoya)ga muhtoj bo‘lgani uchun tuziladi: 
• ish yurituvchilar; 
• mulkdorlar;
• sarmoyadorlar.


Ish yurituvchilar, odatda, biznes-reja tashkilotchisi va bajaruvchisi hamdir. Kam 
e’tibor berilsa-da, ish yurituvchining imkoniyati biznes-rejada emas, balki uni 
rejalashtirish jarayonida yuqori bo‘ladi.
Mulkdorning biznes-reja tuzishdan manfaatdor bo‘lishi, o‘z firmasining 
kelgusidagi rivojlanishi haqida ma’lumotga ega bo‘lishdir. Kichik korxonalarda ish 
yurituvchi bir vaqtning o‘zida mulkdor ham bo‘lishi mumkin yoki biznes-reja 
tashkilotchisi, bajaruvchisi va nazorat olib boruvchisi kabi har xil rolni bajarishi 
ham mumkin. Odatda, biznes-rejalar banklar uchun tuziladi. G‘arb banklarining 
ko‘pchiligiga biznes-rejalar taqdim etilishi majburiydir. Kredit beruvchilar biznes-
rejani kredit berish haqidagi qarorlarni qabul qilishdan oldin axborotlarining 
qo‘shimcha manbayi sifatida ko‘radilar. Ammo kredit aniq bir shaxslarga 
belgilangan maqsadlari uchun beriladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, maqsadni ham 
bilib olish foydadan xoli bo‘lmaydi. Biznes-reja tuzilishi ish yurituvchi, mulkdor 
va sarmoyador uchun manfaatlidir.
U ularning quyidagi savollariga to‘la javob beradi:
• firma loyiha imkoniyatlarini baholashda loyiha kelgusida tijorat va moliyaviy 
yutuq keltiradimi?
• firma va budjet to‘la faoliyati yuzasidan maqsadni belgilashda. Bundan firmaning 
qanday umumiy vazifasi mavjud va uning kelgusida rivojlanishi qanday:
• budjet, uning tuzilishi, daromadi va xarajati haqida to‘la tushuncha mavjudmi 

Yüklə 13,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin