O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar



Yüklə 13,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/199
tarix30.09.2023
ölçüsü13,91 Mb.
#150571
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   199
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova

Biznes reja bo‘limlari
. Biznes-rejani koʻpincha oʻz biznesini boshlamoqchi 
boʻlgan odamlar qidirishadi. Axir biznes reja yoʻqmi biznes ham yoʻq degani! Oʻz 
ishini yangi boshlayotganlar koʻpincha yangi biznes-reja yoki yangi biznes turini 
qidirishadi, ammo eng yaxshi biznes-reja bu oldin hech kim qilmagan biznes emas, 
balki natijada foyda va daromad keltiradigan biznes rejadir. Agar siz foyda 
keltiradigan biznesni boshlamoqchi boʻlsangiz, faqat qidirish emas balki baholash 
ham kerak, ayniqsa oʻz biznesingizni noldan boshlamoqchi boʻlsangiz va yangi 
biznes bilan shug`ullanmoqchi bo`lsangiz. Faqatgina tekshirib, o`qib koʻrib, 
oʻrganib siz oʻz biznesingizni kelgusida foyda keltirishini bilib olasiz. Biznes 
rejalarni osonlik bilan topish va ularni analiz qilish uchun siz boshqa tadbirkorlarni 
tajribasini oʻqib oʻrganishingiz va oʻzingiz uchun ilhomlanish manbaalarini 
topishingiz kerak.
O‘zingiz haqingizda ma’lumot bering. Kimligingiz, o‘ylagan biznesingizni 
amalga oshirish uchun sizda qanday imkoniyatlar bor, ta’lim va malakangiz haqida 
bildiring.Biznes-rejangizning maqsadini tushuntirib bering. Biznes-reja nima 
maqsadda yozilayotganiga qarab turli shaklda bo‘lishi mumkin.
Biznes rejalar odatda quyidagi maqsadlarda yoziladi: 
- Boshlang‘ich sarmoyani taxminan hisoblab chiqish; 
- Biznes loyihaning foydali yoki zararli ekanligini bilish;
- Mahsulot yoki xizmatingizni, mijozlaringizni va raqiblaringizni 
aniqlashtirish; 
- Biznes modelingiz, maqsadlaringiz va bu maqsadga erishish uchun 
kerakli strategiyalarni belgilash; 
- Biznes loyihangizni boshqalarga (bank, sarmoyadorlar, hamkorlar va 
h.k.) tushuntirib berish. 
- Rejangizning asosiy bo‘limlari ro‘yxatini tuzib oling, yoki diagrammalar 
yordamida muhim fikrlaringizni qisqa qilib qog‘ozga tushiring.
Asosiysi bular o‘zingiz uchun tushunarli bo‘lsa, biznes rejangizni yozish 
jarayoni o‘zingizga osonlashadi. Mahsulot yoki xizmatingiz turini ta’riflab, 
tushuntirib bering. Mijozlaringizga sizning mahsulot yoki xizmatingizdan nima 


foyda borligi, mahsulot turi va xizmatingizning o‘ziga xos jihatlari, ishlab 
chiqarish jarayoni va boshqa o‘ziga xosliklarini izohlab bering. Har bir 
mahsulotning tannarxi qancha bo‘lishini hisoblang. Mahsulot ishlab chiqarish 
uchun ketadigan materiallar narxidan tortib ishchilarga beriladigan oylik, do‘kon 
yoki uskuna ijara xarajati, soliq, elektr, telefon, internetdan tortib barcha 
xarajatlarni hisobga olgan holda har bir mahsulotingizning tannarxi qanchaga 
tushishini hisoblab chiqing. Qancha boshlang‘ich sarmoya kerak bo‘lishini yozing. 
Ishni muvaffaqiyatli boshlab olish uchun qancha boshlang‘ich sarmoya kerak 
bo‘lishini va bu sarmoya nimalarga ishlatilishini tushuntiring. Umuman olganda 
sizning biznesingiz nimaga foyda keltiradigan bo‘lishini va qancha vaqtda foyda 
olib kelishni boshlashini dalillar bilan yozing. Buning uchun bozorni yaxshilab 
o‘rganib, hisob-kitoblarni to‘g‘ri va ishonarli qilishingiz kerak. Biznes rejangizdagi 
asosiy bo‘limlarining qisqa mazmunini sanab o‘ting. Buni biznes rejangizning 
boshiga joylang. Ko‘pincha sarmoyadorlarning biznes rejani to‘liq o‘qib chiqishga 
vaqtlari va xohishlari bo‘lmaydi. Shuning uchun ular rejangizning barcha muhim 
va e’tiborga loyiq jihatlarini shu qisqa mazmunni yoritgan yozuvdan oqib, ularda 
qiziqish uyg‘otsagina keyin detallarni bilish uchun asosiy qismni o‘qishga 
kirishishlari mumkin. Shuning uchun bu bo‘lim qisqa va e’tiborni tortadigan 
bo‘lishi kerak. Biznes rejani muvaffaqiyatli taqdim etish Biznes qilish va 
tadbirkorlik bilan shug‘ullanish hech bo‘lmasa bir marta xayolingizga kelgan 
bo‘lishi tabiiy. Buning uchun faoliyatni boshlashdan oldin yo‘lga qo‘ymoqchi 
bo‘lgan biznes turini foydali yoki zararli, faoliyat davrlarini, xarajat, foydalarini 
texnik maketini tuzish kerak bo‘ladi. Bu maket iqtisod tilida “BIZNES-REJA” 
deyiladi. Kredit olish maqsadida bankka murojaat qilgan vaqtda ham albatta 
biznes-reja taqdim etish kerak.

Yüklə 13,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin