O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar



Yüklə 13,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/199
tarix30.09.2023
ölçüsü13,91 Mb.
#150571
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   199
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova

Nazorat savollari: 
1.Tadbirkorlikda biznes rejaning ahamiyati. 
2.Tadbirkorlikni biznes rejaga asoslanib tashkil etish. 
3.Biznes rejaning vazifasi. 
10.Mavzu: Biznеs-rеjаning bo‘limlаrini shаkllаntirish.
Reja: 1. Biznes reja tuzishdan maqsad.
2.Biznes reja bo‘limlari. 
3. Biznes-rejaning tarkibiy qismi 
Biznes reja
— aniq tanlangan tadbirkorlik ishining barcha bosqichlari 
tavsiflangan va taxminan hisob-kitob qilingan loyiha. Unda aniq tanlangan 
tadbirkorlik ishining hamma tomonlari oʻz aksini topadi. Biznes-reja oʻz tarkibi 
jihatidan loyihaning afzalliklari va uni amalga oshirishdan kutiladigan moliyaviy 
natijalar bayon etilgan yakuniy xulosa hamda asosan 10 boʻlimdan iborat asosiy 
qismga boʻlinadi. Biznes-rejada loyiha boʻyicha ishlab chiqariladigan tovar 
(xizmat)larning tavsifi hamda uning xaridorgirligi va raqobatbardoshligini 
taʼminlaydigan omillar; bozor hajmini baholash asosida sotish bozori, tadbirkor 
bozorning qaysi segmentida ish yuritishi, savdo hajmi, tovar(xizmat)lar narxi 
prognozlari; ehtimoli boʻlgan raqobatchilar (ularning mahsulotlari sifati va 


xaridorgirligi, narxi toʻgʻrisida axborot beriladi); marketing xizmatining asosiy 
unsurlari (tovarning qanday yoʻl bilan sotilishi, tovar narxining shakllanishi
sotishni ragʻbatlantirish, reklamaning qaysi usullarini tanlash va boshqalar); 
mahsulot ishlab chiqarish rejasi (ishlab chiqarish aloqalari, mahsulot sifatini 
nazorat qilish, ishlab chiqarish xarajatlari va boshqalar); umuman ishni, xodimlar 
ishini tashkil etish; loyihaning tashkiliy huquqiy shakllarini belgilaydigan yuridik 
reja; loyiha boʻyicha barcha maʼlumotlarni umumlashtiradigan hamda ularning 
qiymat ifodalari koʻrsatilgan moliya rejasi; loyihani moliyalash strategiyasi 
(vositalarni qayerdan va qanday shaklda olish, jami qancha pul kerakligi, uning 
qayerdan olinishi va xarajatlarning qoplanishi, investorlarning daromad olish vaqti 
va boshqalar) oʻz ifodasini topadi. Biznes-rejani ishlab chiqishda tadbirkorning 
oʻzi ("birinchi rahbar"), firma (xoʻjalik)ning mutaxassislari ishtirok etadi, 
tashqaridan maslahat va tavsiyalar olinadi. Biznes-reja ekspertlar koʻrigidan 
oʻtkaziladi 
va 
olingan 
xulosalarga 
tayanib 
biznes-reja 
yanada 
mukammallashtiriladi. Biznes-reja kredit berish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.

Yüklə 13,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin