14.Mavzu:Tаdbirkоrlik sub’yеktlаrini dаvlаt ro‘yхаtidаn o‘tkаzish
tаrtibi.
Reja: 1. Tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
2. An’anaviy va onlayn murojat.
3. Davlat xizmatlari markazi
4. fo.birdarcha.uz sayti haqida ma’lumot
Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi
Tadbirkorlik
sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada soddalashtirish va
qulaylik
yaratish
maqsadida
mamlakatimizda
tadbirkorlik
faoliyatini
rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Tadbirkorlik sub’ektlarini
davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish Davlat xizmatlari agentligi
tomonidan amalga oshiriladi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu quyidagi
usullardan biri bilan amalga oshiriladi: a. Davlat xizmatlari agentligiga o‘zi kelgan
holda. b.Internet jahon axborot tarmog‘i orqali Tizim vositasida Yagona portalda;
Davlat xizmatlari agentligiga o‘zi kelgan holda ro‘yxatdan o‘tish. Bo‘lajak
tadbirkorlik sub’ektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish
uchun tegishli (pochta manziliga muvofiq joylashgan joydagi — yuridik shaxslar
uchun yoki doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan yoxud doimiy yashash
joyidagi — jismoniy shaxslar uchun) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zlari kelib
murojaat qilish huquqiga ega. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga o‘zi kelib murojaat
qilinganida qog‘oz hujjatlarning asl nusxalari bir nusxada taqdim etiladi.
Internet
jahon axborot tarmog‘i orqali Tizim vositasida Yagona portal orqali amalga
oshiriladi (fo.birdarcha.uz)
Tizim orqali quyidagilar amalga oshiriladi:
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
- qayta tashkil etish yo‘li bilan tashkil etilayotgan tadbirkorlik sub’ektlarini davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish;
- qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat bojini
to‘lash;
- ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani erkin olish;
- yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish va tiklash
to‘g‘risida
ariza topshirish;
- ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning belgilangan
tartibdagi hamkorligi;
- ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarni, shuningdek davlat va
xo‘jalik boshqaruvi organlarini tadbirkorlik sub’ektining manzili (joylashgan joyi,
yashash joyi) o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilish;
- «tadbirkorlik sub’ektining shaxsiy kabineti»ni ochish va undan erkin
foydalanish;
-
Reestrdan
ko‘chirma,
so‘ralayotgan
hujjat,
tadbirkorlik
sub’ektlarining ro‘yxati yoki so‘ralayotgan ma’lumotning va (yoxud) hujjatning
mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shaklidagi
aniq tadbirkorlik
sub’ektlari haqida ma’lumot so‘rash va olish. Ariza beruvchi foydalanuvchining
shaxsiy kabineti yoki «tadbirkorlik sub’ektining shaxsiy kabineti»dan erkin
foydalanish imkoniga ega bo‘lgandan so‘ng «biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish» —
davlat xizmatini tanlaydi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza beruvchi
«biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish» — davlat xizmatini tanlaydi va davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish uchun quyidagi belgilangan ariza shakllari bo‘yicha:
yuridik shaxs
tashkil etmagan tadbirkorlik sub’ektlarining (keyingi o‘rinlarda yakka tartibdagi
tadbirkor deb ataladi); tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslarning uni
ko‘rsatishga so‘rovnomani (keyingi o‘rinlarda so‘rovnoma deb ataladi)
shakllantiradi. Ariza beruvchi tomonidan so‘rovnoma shakllantirilishi bosqichma-
bosqich amalga oshiriladi. Ariza beruvchi so‘rovnomani so‘ralayotgan
ma’lumotlarni kiritish va Tizim tomonidan umumiy ma’lumotnomadan
taklif
etilayotgan ma’lumotlarni tanlash yo‘li bilan shakllantiradi. Ariza beruvchi
so‘rovnomani shakllantirishni istalgan bosqichda to‘xtatish yoki davom ettirish
huquqiga ega. Ariza beruvchi tomonidan firma nomini tanlash bir xilligining
tekshirilishi Tizim tomonidan avtomatik
tarzda amalga oshiriladigan, lotin
alifbosidagi erkin firma nomlaridan so‘rovnoma shakllantirilganda amalga
oshiriladi. Yuridik va jismoniy shaxslar o‘zlariga hisob-kitob va kassa xizmatlarini
ko‘rsatish uchun banklarni mustaqil ravishda tanlaydilar. Davlat ro‘yxatidan
o‘tganidan so‘ng tadbirkorlik sub’ekti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
Davlat soliq inspeksiyasida hisobga qo‘yilishi lozim. Ushbu yuqorida ko‘rsatib
o‘tilgan xizmatlardan foydalanishda siz elektron
raqamli imzo orqali
foydalanishingiz mukin.
Internet jahon axborot tarmog‘i orqali Tizim vositasida Yagona portal orqali
amalga oshiriladi
Dostları ilə paylaş: