O‘qitish materiallar I to‘plami shaxsiy kompyuter arxitekturasi va jihozlariga texnik xizmat ko



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/365
tarix19.12.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#184900
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   365
Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va ofYendirboyeva Zumrad Zohidjon qizi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


1-Tema:
Shaxsiy kompyuterda ishlash qoidalari 
Reja: 
1.
Kompyuterdan foydalanishdagi talablar 
2.
Kompyuter xonasida qo‘yiladigan taqiqlar 
3.
Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari. 
Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o‘chirish tartiblari mavjud. 
Avvalambor kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish 
kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida 
ishlashi mumkin. Barcha ta‘lim muassasalarining «Informatika va axborot 
texnologiyalari» xonalari va ularni jihozlash uchun talablar 
«Ta‟lim 
muassasalarida xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni 
tibbiy ko‟rikdan o‟tkazish tartibi 
to‘g‘risida nizom» (ro‘yxat raqami 2387, 
2012 yil 29 avgust) (O‘zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari to‟plami, 
2012 y., 35-son, 407-modda) 
asosida amalga oshirilishi lozim. 
Informatika va axborot texnologiyalari o’quv xonasida 
quyidagilar taqiqlanadi: 
kompyuter va uning qurilmalarini elektr tarmog‘iga ruxsatsiz ulash yoki 
o‘chirish; 
kompyuter qurilmalarining ulanish joylariga va elektr tarmoq manbalariga 
tegish; 
kompyuter qurilmalarining yaqinida tez yonuvchi moddali 
idishlarni ochish va ishlatish; 
nam qo‘l bilan kompyuter qurilmalariga tegish va ularni ulash; 
kompyuter klavishlarini bosishda kuch ishlatish; 
kompyuter ishlab turgan holatda tozalash ishlarini olib borish. 
1.
Informatika o‘quv xonasining kengligi 6 m dan ortiq bo‘lgan xonalarni ikki 
tomonlama yoritishda balandligi 2,2 – 2,9 m dan oshmaydigan deraza bo‘lishi 
lozim. 
2.
Informatika o‘quv xonasining doskasi sun‘iy yoritishda ikki tomondan bir xil 
uzoqlikda va bir tekisda joylashtirilgan, shiftda qotirilgan yoki osilgan 
lyuminessent yoritqichlar asosidagi umumiy yoritish tizimi qo‘llanilishi lozim. 
Yoritqichlar va derazalar kompyuter ekranida aks etishi mumkin emas. 
3.
Informatika o‘quv xonalarida havoning organik tabiatli antropogen moddalar va 
dioksid uglerod bilan ifloslanishi sababli har qanday ob-havo‗sharoitida harorat 
va namlikning optimal holatda bo‘lishini ta‘minlay oladigan havo‗haydovchi 
shamollatish vositalari bo‘lishi lozim. 


4.
Kompyuter stollariga elektr manbaining tortilishi qo‘zg‘almaydigan va 
ko‘rinmaydigan bo‘lishi lozim. 
5.
Informatika o‘quv xonasida yong‘in xavfsizligini ta‘minlash uchun foydalanish 
muddati ko‘rsatilgan va to‘ldirilgan o‘t o‘chirgich bo‘lishi lozim. 
6.
Informatika o‘quv xonasidagi sinf doskasi, ish stollari va javonlarning sathi nur 
qaytarmaydigan bo‘lishi lozim. 
7.
Informatika o‘quv xonasidagi zararli kimyoviy moddalarning havodagi miqdori 
havo‘atmosferasining sutkalik konsentrasiyasidan oshmasligi lozim. 
8.
Informatika o‘quv xonasini yerto‘lalarda joylashtirish taqiqlanadi. 
9.
Informatika o‘quv xonasi doskasining chap yoki o‘ng tomonida elektr 
ta‘minotidan o‘chirib yoqish uchun qurilma bo‘lishi kerak. 
10.
Kompyuterning operativ xotirasida va qattiq diskida kuller (ventilyator) bo‘lishi 
kerak. 
11.
Kompyuterning klaviaturasi va g‘ildirakli sichqonchasi bo‘lishi lozim. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   365




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin