bitta tizim qilib birlashtirib o‘rnatishga va ulashga xizmat qiladi. Ya‘ni,
qurilmalarni o‘rnatishga va ulashga xizmat qiluvchi maxsus uyachalardan
(raz‘yomlardan), hamda shu qurilmalarning ishlashini nazorat qilib boruvchi va
ularning talabdagidek ishlashini ta‘minlovchi mikrosxemalardan tashkil topgan
platadir. Tizimli platalarning asosiy sifatiy ko‘rsatkichlaridan biri – uning aloqa
uzatish tizimlarining (shinalarining) tezkorligidir. Bunday tezkorlik – ularning
takt chastotalarida (MegoGerslarda – MGs larda) ifodalanadi. Zamonaviy tizimli
platalarda shinalarining tezkorligi 100 MGs dan 300 MGs gacha boradi. Ya‘ni,
bunday shinalar orqali tizimli plata o‘ziga o‘rnatilgan (ulangan) qurilmalar bilan
kamida 100 MGs (100MGs = soniyasiga 100x1024 = 1024000 KiloGers (KGs)
= 1024000x1024 = 104 857 600 Gers (Gs) tezlikda, yoki boshqacha qilib
aytganda 104 857 600 signal/soniya) tezlikda ma‘lumot almasha oladi.
Ona plata, sistemali plata (ruschada materinskaya plata, inglizchada
Motherboard yoki mainboard) - kompyuterning yoki EHMsi sistemaining
asosiy, ko‗p qatlamli murrakab platasi bo‗lib, kompyuter qismlarini uning ustiga
qurish uchun xizmat qiladigan qurilma. Har bir murrakab elektron
qurimlmalarning (televizor, telefon va boshqa) asosiy platalari ham shunday
ataladi.
Ona plata ustiga protsessor, mikrosxemalar, chipsetlar uchun slotlar
(raz‘yomlar), opretiv xotira uchun (OX) mahsus ajratilgan slotlar, kontrollerlar
uchun shinalar, interfeyslar va boshqa tashqi qurilmalar uchun kirish-chiqish
portlaridan va sovutish sistemai qurilmalari o‗rnatiladi. Ona platalarni ishlab
chiquvchi etakchi firmalar:
GIGABYTE Technology Co., Ltd. - 1986 yildan beri sistemali
platalar, videokartalar, noutbuk, mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi Tayvanning
kompaniyasi. Bo‗limlari Xitoy halq respublikasida jovylashgan.
Asus - sistemali platalar, kompyuter, noutbuk, mobil telefonlar,
internet-planshetlar, optik qurilmalar va monitorlar ishlab chiqaruvchi
Tayvanning kompaniyasi. Bo‗limlari Xitoy halq respublikasida joylashgan va
boshqa kompaniyalar mavjud.
Kontrolerlar (maxsus elektron sxemalar) ona plata tarkibiga kiruvchi turli
qurilmalar (monitor, klaviatura va boshqalar) ishini boshqaradi.
Kiritish-chiqarish portlari. Kompyuterlarning ona platada mavjud bo‗lgan
kirish-chiqish portlari orkali protsessor tashqi qurilmalar bilan ma‘lumot
almashadi. Ichki qurilmalar bilan ma‘lumot almashuvi uchun maxsus portlar
hamda umumiy portlar ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: