Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va ofYendirboyeva Zumrad Zohidjon qizi
MMX Pentium protsessori . Intel firmasining keyingi avlod protsessori sifatida
1997 yil yanvar oyidan boshlab chiqarilayotgan MMX (Matrix Multiplication
Extension) Pentium protsessorini aytish mumkin. Dastavval bu protsessor
matritsalarni ko`paytirish uchun kengaytma nomi bilan atalgan bo`lsa,
keyinchalik MultiMedia YExtension-multimedia uchun kengaytma deb atala
boshladi. Bu yangi protsessorni ishlab chiqishdan maqsad, keyingi yillarda
ommaviy qo`llanilib borilayotgan kompyuterning multimedia (ovozi, grafik,
tasvir) imkoniyatlarini har tomonlama barkamollik darajasiga ko`tarish,
multimedia amaliyotlarni tez bajarishni ta‘minlashdan iborat. Bu amallar
qatoriga, jumladan multimedia berilganlarini, ikki va uch o`lchovli grafikalarni
tez bajarish kiradi. Shu bilan birga bu protsessor ko`paytirish va qo`shish
amallarini ko`proq ishlatadigan amaliy programmalarda amallarni tezroq
bajarishga qaratilgan. Shuning uchun ham uni ko`proq matematik soprotsessorni
talab qilmaydigan, butun sonlar bilan ishlash bilan bog`liq masalalarni
yechishda qo`llash maqsadga muvofiq bo`lsada, tajribalar uning har tomonlama
ustunligini ko`rsatadi. Xotiraning katta-kichikligiga qarab u yoki bu
programmalar majmuini ishlata olish mumkin. Misol uchun 1 Megabayt
xotiraga ega kompyuterlarda faqat DOS sistemasida ishlash mumkin bo`lsa, 4
Megabaytli kompyuterlarda imkoniyatlari ko`proq bo`lgan programmalarni,
xususan WINDOWS 3.1,3.11 programmalarini ishlatish mumkin. WINDOWS
95 ni to`laqonli ishlashi uchun 16 Megabayt xotira va kamida 486 protsessorli
kompyuter, WINDOWS 98, 2000 operatsion sistemasida ishlash uchun,
Foto‗Shop, Corell Drawe va boshqa hozirgi zamon programmalarini ishlatish
uchun kamida 32 Mbayt xotirali va PENTIUM_2,3 protsessorli kompyuterlar
lozimdir. Bu ko`rsatkichlar yangi protsessorlar va programma mahsulotlarini
paydo‗bo`lishi bilan yil sayin oshib boradi.